Kingsli Sarfo: “O'zbekiston madhiyasi payti qo'limni ko'ksimga qo'yganim mamlakatga nisbatan hurmat belgisidir”

Mirjalol Normatov
6 mar 2026, 22:12
Superliganing 2-turi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan keyin "Dinamo" futbolchisi Kingsli Sarfo fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida nima deya olasiz?

- Juda yaxshi o'yin bo'ldi. Bellashuvni nazorat qila oldik va vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limda biroz nazoratni yo'qotganimiz rost, lekin g'alaba qozonishni uddaladik. Shuning uchun xursandman.

- Shvetsiya va Kipr ligalarida katta tajriba orttirgansiz. O'zbekiston Superligasidagi ilk taassurotingiz qanday?

- Ha, liganing kuchli ekanligini, futbolchilar ko'p yugurishi talab etilishini ko'rdim. Lekin men uchun taktika va o'yinni qanday nazorat qilishni rivojlantirish ham muhim deb o'ylayman, bugun biz shu vazifani amalga oshirdik va bu katta yordam berib, ishimizni osonlashtirdi.

- O'yindan avval O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda qo'lingizni ko'ksingizga qo'yganingiz muxlislar tomonidan iliq qarshi olindi. Bu shunchaki hurmat belgisi edimi?

- Ha, bilasizmi, hozir O'zbekistondaman. Shunchaki qoidalarga rioya qilishim kerak va hokazo, shuning uchun men O'zbekiston qoidalariga rioya qilishim hurmat ifodasi hisoblanadi. Shuningdek, mening mamlakatimda ham xuddi shunday, madhiya payti qo'llarimizni ko'ksimizga qo'yish odati bor. Shunday ekan, bu ham mamlakatga bo'lgan hurmat belgisidir.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia