“Guliston” klubi qoshida akademiya ochildi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2026, 12:20
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joriy yil Professional futbol ligasining Birinchi liga musobaqasida ishtirok etayotgan “Guliston” klubi futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda klub prezidenti Oybek Ashurmatov, bosh murabbiy Abbos Ergashev, Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Bo'ronov, viloyat futbol assotsiatsiyasi vakillari, yosh futbolchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

2.jpg3.jpg4.jpg5.jpg

Marosim davomida akademiyaning faoliyati va kelgusidagi rejalari haqida ma'lumot berildi. Yakunda yosh futbolchilarga liboslar, murabbiylarga esa mashg'ulotlar uchun zarur sport anjomlari topshirildi.

Eslatib o'tamiz, “Guliston” futbol klubi Oybek Ashurmatov, Jahongir Jiyamurodov boshqaruvida ijobiy taassurot qoldirmoqda. Jamoa Birinchi ligada o'z mintaqasida yaqqol peshqadam. Shuningdek, O'zbekiston Kubogida Birinchi liga jamoalari orasida birinchi bo'lib, chorak finalga yetib keldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia