

Kunning ikkinchi juftligida “Surxon” hamda “Guliston” klublari o'zaro kuch sinashadi. Jamoalarning mamlakat kubogidagi yo'llari shu kungacha hech qachon kesishmagan. Milliy chempionat doirasida esa 6 marotaba to'qnash kelishgan bo'lib, ularda termizliklar 4 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etishgan. Qizig'i, klublarning so'nggi dueliga ham 23 yil to'ldi - oxirgi rasmiy bahs uzoq 2003 yilgi mavsumda bo'lib o'tgan edi.
Shuningdek, “Surxon” o'z maydonida “Guliston”ga hech qachon imkoniyatni boy bermagan: o'tkazilgan 3 ta bellashuvning 2 tasida g'alaba qozonib, 1 tasida durang o'ynagan.
Uchrashuv soat 18:00 da Olmaliqdagi OKMK stadionida start oladi.



