Fabregas A Seriyaning 2025/26 yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Sherzod Nurmatov
3 sen 2026, 13:45
"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra A Seriyaning eng yaxshi murabbiyi deb etirof etildi.

39 yoshli ispaniyalik mutaxassis Italiya futbolchilar assotsiatsiyasi (AIC) talqini bo'yicha ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.

G'oliblar futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan ovoz berish natijalariga ko'ra aniqlandi. Taqdirlash marosimi chorshanba oqshomida Milandagi "La Skala" teatrida bo'lib o'tdi.

Fabregas 2024 yildan beri "Komo"ni boshqarib kelmoqda. Jamoa o'tgan mavsum uning boshchiligida 71 ochko jamg'arib, A Seriyada to'rtinchi o'rinni egalladi.

Ushbu natija "Komo"ga klub tarixida ilk bor UEFA Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish imkonini berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com