"Barselona" sobiq futbolchisi "Real"ni boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
12 mar 2026
"Komo" jamoasining ispaniyalik murabbiyi Sesk Fabregas Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallash ehtimoli mavjud.

"Football Italia"ning xabar berishicha, "Real" mutaxassisni 2026/27 yilgi mavsum uchun ko'rib chiqmoqda. Klub rahbariyatiga murabbiyning ish uslubi va futbolchilar bilan tez til topisha olish qobiliyati maqul kelgan.

38 yoshli mutaxassis hozircha Italiya klubini tark etish niyatida emas. Biroq "qirollik klubi"dan keladigan taklif Fabregasning rejalarini o'zgartirishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia