Enco Fernandes faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2026, 19:40
"Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandes jamoadoshi Mark Kukurelyaning ortidan "Real" Madridga o'tishni istamoqda.

Uning transferi 55+5 million evroga kelishib olingan.

Insayder Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, argentinalik futbolchi Londondan ketish istagini ochiqchasiga bildirgan.

"Chelsi" futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, ammo u uchun 120 million funt talab qilyapti. "Real" hozirning o'zida bozorni o'rganmoqda va yarim himoya chizig'i uchun variantlarni ko'rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen