Eldorbek Suyunov: "Terma jamoamizda taktik sxema o'zgargan, shunga monand hujumkor futbol ko'rmoqdamiz"

Aslanov Jasurbek
7 okt 2026, 14:14
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq darvozaboni Eldorbek Suyunov jamoaning sentyabr va oktyabr oylaridagi o'yinlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Milliy terma jamoaning har bir o'yinini hamma qatori nafaqat kuzatib boraman, balki chin dildan muxlislik qilaman. Oxirgi 3 ta o'yinni ko'rdim, o'yin tomonlama o'zgarishlar juda katta. Eng asosiysi, ularaning barchasida tashabbus biz tomonda bo'ldi.

Taktik sxema o'zgargan, shunga monand milliy terma jamoamiz hujumkor futbol ko'rsatmoqda. Jamoa o'ziga ishonib harakat qilmoqda.

Albatta, kamchiliklar ham ko'zga tashlandi. Bu asosan mudofaada yaqqol ko'rindi. Koreya bilan o'yinda ikkinchi qavatda oqsayotganimiz sezildi, shuningdek, oxirgi ikkita o'yinda o'tkazib yuborilgan 3 ta gol oddiy xatolar evaziga ro'y berdi, dedi Suyunov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia