Eldor Shomurodov - Turkiya Superligasining 2025/26 yilgi mavsum to'purari!

17 may 2026, 23:57
"Istanbul Bashakshexir"ning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 2025/26 yilgi mavsum to'purariga aylandi.

Hamyurtimiz yakunlangan mavsumda 22 ta gol va 5 ta assist qayd etib, liga to'purariga aylandi.

U bilan bir xil 22 ta gol urgan “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu ham 22 ta to'p kiritgan, ammo assistlari soni 2 taga teng. Hujumchi hozirgina yakuniga etgan “Genchlerbirligi” (0:3)ga qarshi o'yinda gol ura olmadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori jamoaga mavsum boshida “Roma”dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia