Rasman: “Bashakshexir”ning Eldor Shomurodovni sotib olish bo'yicha bandi faollashdi

5 iyul 2026, 00:55
O'tgan mavsumni “Istanbul Bashakshexir”da “Roma”dan ijara asosida o'tkazgan o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to'laqonli turk klubi o'yinchisiga aylandi.

“O'tgan mavsumda jamoamiz safiga ijara asosida qo'shilgan Eldor Shomurodovning shartnomasidagi majburiy sotib olish bandi kuchga kirdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisining sotib olish bandida ko'zda tutilgan ikki yillik shartnomasi rasman amalga kirdi.

Eldor Shomurodovga “to'q sariq-ko'k” libosimiz ostida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda ushbu kelishuv klubimiz va futbolchimiz uchun xayrli bo'lishini tilaymiz”, - deyiladi turk klubi xabarida.

O'xshash yangiliklar


Manba: ibfk.com.tr