Bredli Barkolya ertaga Angliyaga uchib keladi

28 avg 2026, 21:58
"Liverpul" Bredli Barkolya transferini yakunlash arafasida.

Fransiyalik vinger ertaga, 29 avgust kuni, tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Angliyaga yetib keladi.

"L’Équipe" ma'lumotiga ko'ra, tibbiy ko'rikdan so'ng 23 yoshli futbolchi "Liverpul" bilan shartnoma imzolaydi.

PSJ Barkolya transferidan bonuslarni qo'shib hisoblaganda 140 million evro ishlab oladi. Kelishuvning asosiy qismi 100 million funt, yana 20 million funt bonuslardan iborat bo'ladi.

Barkolya o'tgan mavsum Fransiya chempionatida PSJ safida 29 ta o'yinda 11 ta gol urgan.

Shu tariqa, "Liverpul" navbatdagi yirik transferi - 23 yoshli francuz vingerini qo'lga kiritishga juda yaqin.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Équipe