

Barkolya uchun bu hafta PSJdan 123 million funt sterling evaziga "Liverpul"ga rasman o'tishi bilan boshlandi.
Kuni kecha Barkolya "qizillar"ning Premer-liga doirasida "Ipsvich"ga qarshi kechgan g'alabali o'yinida (0:2) ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib, debyutini o'tkazdi.
"Portman Roud"dagi ushbu 26 daqiqa Barkolya uchun o'tgan yozdagi Jahon chempionatidan beri ilk rasmiy daqiqalar bo'ldi, ammo 23 yoshli fransiyalik futbolchiga 35.9 km/soat tezlikni qayd etish uchun shu vaqtning o'zi kifoya qildi.
ESPN xabariga ko'ra, bu hozircha Premer-liganing 2026/27 yilgi mavsumida qayd etilgan eng yuqori tezlik hisoblanadi.



