

Uchrashuvda mehmonlarning gollaridan biriga Bobur Farhodov mualliflik qildi. Aytish mumkinki, uning goli o'ziga hos tarzda maydon egalari darvozasi to'ridan o'rin egalladi. Mazkur gol esa ijtimoiy tarmoqlarda, turli nashrlar sahifalarida ommalashdi. Biz bu borada Bobur Farhodovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Golga kelsak, qanotdan uzatma bo'ldi. Birinchi bosh bilan zarba berdim, darvozabon to'pni qaytardi. Qaytgan to'p o'zimga keldi va shu zahoti oyog'imga tegib darvozaga kirdi. Ochig'i bunday ommalashishini kutmagan edim.
Faoliyatimdagi eng chiroyli golmi yoki yo'q, lekin eng antiqa gol bo'ldi deya olaman. Ochig'i bitta gol bilan mashhur bo'lib ketdim deb o'ylamayman. Albatta, reakciya va videolarni aylanishi yoqimli bo'ldi",- deydi Bobur Farhodov.



