Bobirjon Tojiboev: "Hozir "Aral"ga qarshi o'ynash oson emas"

Narzulla Saydullayev
22 sen 2026, 15:38
Proliga 20-turdan o'rin olgan "Yaypan" – "Aral" (2:5)uchrashuvidan so'ng "Yaypan" jamoasining darvozabonlar murabbiyi Bobirjon Tojiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda "Aral" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Shiddatli va chiroyli bahs guvohi bo'ldik. To'g'risi, hozir "Aral"dek jamoaga qarshi o'ynash oson emas. Buni his qilgan holda o'zimizni ko'rsatishga harakat qildik. Nasib qilsa, keyingi uchrashuvlarda o'zimizni ko'rsatamiz.

- Stadiondagi muhit haqida fikringiz?
- Muhit chindan ham zo'r bo'ldi. Mezbon muxlislar o'z jamoalarini chiroyli tarzda qo'llab turishdi. Albatta, stadiondagi muhit ham futbolga ta’sir qiladi. Futbolchilarimizning aksari yosh, bunday raqibga qarshi o'ynash oson emas va shu orqali yoshlar tajriba to'plab boradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia