BAA – O'zbekiston uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi

Sherzod Nurmatov
26 may 2025, 14:35
5 iyun kuni JCH -2026 3-saralash bosqichi 9-turidan joy olgan BAA – O'zbekiston bellashuvi bo'lib o'tadi.

Nihoyat, BAA tomoni chiptalar sotuvga chiqarilganini e'lon qildi.

OFK reglamentiga muvofiq mehmonlar uchun stadion sig'imining sakkiz foiziga teng chiptalar taqdim etiladi. 

Ma'lum bo'lishicha, standart sektorlar uchun chipta narxi 20 dirxamga (70 ming so'm atrofida – tahr.) baholanmoqda. O'z o'rnida, biletlar tez fursatda sotilib ketmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 5 iyun kuni Abu-Dabidagi 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Al Nahayyon" stadionida o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia