Assistlardan xet-trik qayd etgan vinger, debyut o'yinidayoq gol urgan ivuarlik himoyachi - Superligada 17-tur laureatlari

Sherzod Nurmatov
17 avg 2026, 16:00
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 17-turining eng yaxshilarini aniqladi.

17-turning eng yaxshi darvozaboni - Umid Hamroev (“Buxoro”)

“Buxoro” ortda qolgan turda o'z uyida OKMKni mag'lubiyatga uchratdi (2:0). Uchrashuv mobaynida Hamroev bir qator vaziyatlarda jamoasini goldan asradi va darvozani “quruq” tutdi. Uning 4 ta seyvi evaziga jamoasi muhim g'alabaga erishdi. Shu tariqa, aynan Hamroev tur darvozaboni nomiga loyiq ko'rildi.

darvozabon (10).png

17-turning eng yaxshi murabbiyi - Aleksandr Xomyakov (“Buxoro”)

Yuqorida takidlanganidek, “Buxoro” bu tur Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi OKMKni mehmon qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bunda buxoroliklar ustozi Aleksandr Xomyakovning bahsga bo'lgan to'g'ri yonshashuvi va taktikasi katta ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa, jamoasi ishonchli hisobda g'alaba qozongan Xomyakov tur murabbiyi sifatida etirof etildi.

murabbiy (9).png

17-turning eng yaxshi futbolchisi - Lyupcho Doriev (“So'g'diyona”)

“So'g'diyona” bu turda “Surxon”ga qarshi o'ynab, raqibni 3:1 hisobida yutdi. Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida kechgan bahsda shimoliy makedoniyalik futbolchi assistlardan xet-trik qayd etdi. Shu tariqa, jamoasining har bir golida samarali harakatlari bilan ajralib turgan Doiev turning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

futbolchi (9).png

17-turning eng chiroyli goli muallifi - Koffi Koauo (“Neftchi”)

“Neftchi” bu turda “Andijon” mehmoni bo'lib, yirik 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Zaxiradan tushirilgan ivuarlik himoyachi Koffi Kouao 90+2-daqiqada bir futbolchini aldab chap oyoqdagi zarbasi orqali darvoza to'qqizligini aniq nishonga olib, o'yinga nuqta qo'ydi. Shunday qilib, aynan shu gol turdagi eng chiroylisi deb topildi.

gol (9).png

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia