"Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" taniqli yarim himoyachi uchun kurashmoqda

Sherzod Nurmatov
10 apr 2026, 11:50
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali kelasi yozda ketishga tayyorlanmoqda.

Bu yozda ketishi mumkin bo'lgan yarim himoyachiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda. "TEAMTalk" ma'lumotlariga ko'ra, xavbekka endi "Yuventus" ham e'tibor qaratmoqda.

"Arsenal" va "Manchester Yunayted" yoz uchun yangi yarim himoyachilarni qidirmoqda. "To'pchilar" faqat birgina yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda, "qizil iblislar"ga esa kamida ikki yarim himoyachi kerak.

25 yoshli Tonali joriy mavsum jamoa safida 47 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMTalk