

Burnettning takidlashicha, Husanov 2025 yilning yanvar oyida jamoaga kelib qo'shilganidan beri klubning eng yaxshi himoyachisiga aylanib ulgurgan. Jurnalist futbolchining yuqori tezligi, mustahkam jismoniy quvvati va to'pni olib qo'yishdagi bexato harakatlarini alohida etirof etib, raqiblar uchun uni aldab o'tish juda qiyin vazifa ekanini qayd etgan.
Biroq, jurnalistning fikricha, bosh murabbiy Enco Mareska o'zbekistonlik legionerga etarlicha ishonch bildirmayapti. "U odatda asosiy tarkib ro'yxatiga yoziladigan eng birinchi himoyachi edi. Endilikda uning haftadan-haftaga zaxira o'rindig'ida qolib ketayotganini ko'rish kishini qayg'uga soladi", – deb yozadi Burnett.
Garchi tig'iz taqvim sababli oldindagi o'yinlarda tarkibning kengligi muhim ahamiyat kasb etishi va Husanovga yaqin kelajakda ko'proq imkoniyat berilishi kutilayotgan bo'lsa-da, britaniyalik mutaxassislar jamoadagi eng barqaror himoyachining muntazam ravishda zaxirada qolayotganini tushunarsiz holat sifatida baholamoqda.


