So’nggi yangiliklar

03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  0 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  14 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  159 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  3 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  13 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  4 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  6 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11

"Zomin" ustozi Asqar Umarov: "Mutasaddilar yordam berishmayapti. Joriy yil boshidan beri hali maosh olmadik" Yangiliklar

"Zomin" ustozi Asqar Umarov: "Mutasaddilar yordam berishmayapti. Joriy yil boshidan beri hali maosh olmadik"

Teglar :  Asqar UmarovZomin
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Zomin" (4:2) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda "Zomin" bosh murabbiyi Asqar Umarov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"SHo'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. CHiroyli o'yin bo'ldi. Bizda xatolar ko'payib ketgan. Darvozabonimizning xatosidan gol o'tkazib yubordik. Keyingi uchrashuvlarda  vaharakat qilamiz",- deydi Asqar Umarov.


- Darvozabonni nima uchun almashtirmadingiz?

- Gol o'tkazish emas, gol urish uchun hujumchini tushirdik. 

- 40-daqiqadayoq ilk o'zgarishni amalga oshirdingiz. Bu o'sha futbolchining o'yinidan qoniqmaganingizdanmi yoki boshqa rejalar sababmi?

- U ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Ikkinchi golimiz aynan shu tufayli darvozamizdan o'rin oldi. Ketma-ket uch marotaba to'p yo'qotishdan keyin o'zgartirishga majbur bo'ldim. 

- Zaxiradan tushgan futbolchilar o'zini oqladimi?

- Yo'q. O'zini oqlamadi. Jamoamizning ruhiy tomondan tayyorlay olmayapmiz. Kutyapmiz, homiylardan o'zgarishlar bo'ladimi, yo'qmi. Mutasadillar yordam berishmayapti. 

- Klubda moliyaviy holati qanday?

- To'g'risi yil boshidan beri oylik olganimiz yo'q. Sabr qilib kutmoqdamiz. Jamoada yomon futbolchilar yig'ilmagan. Safar xarajatlari o'zimizdan bo'lyapti. Bu yordam bilan uzoqqa borib bo'lmaydi. Homiylar tomonidan fo'llab-quvvatlansa bemalol Pro ligada qolishimiz mumkin.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика