So’nggi yangiliklar

21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  207 21:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  12 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  16 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  1 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

Zohir Pirimov: "Birinchi davra yakunlanganidan keyin keyingi taqdirim to'g'risida o'ylab ko'raman" Yangiliklar

Zohir Pirimov: "Birinchi davra yakunlanganidan keyin keyingi taqdirim to'g'risida o'ylab ko'raman"

Teglar :  Zohir PirimovBuxoro
14-tur doirasida “Buxoro” Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuvdan oldin “Buxoro” yarim himoyachisi Zohir Pirimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Avval o'tgan “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuv haqida o'z fikrlarimni bildirib o'tsam. “Loko”ga qarshi o'yinda kamida durang natijaga loyiq edik. Biz hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin, ancha tajribali jamoa sanalgan “Lokomotiv” klubi o'yinni jiddiy tarzda kuchaytira oldi. Afsus-ki, uchrashuv oxirida o'z xatolarimiz evaziga imkoniyatni boy berib qo'ydik.

Endi bor etiborni navbatdagi uchrashuvga qaratishimiz kerak. Keyingi raqibimiz ham ancha jiddiy. Garchi “Bunyodkor” turnir jadvalida quyi pag'onalarda borayotgan bo'lsa-da, yaqinda ushbu jamoada murabbiy almashdi. Mirjalol Qosimov ancha tajribali murabbiy sanaladi. Uning jamoasiga qarshi o'ynash juda qiyin. Hozir biz bu uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ijobiy natijaga erishishimiz uchun biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoish etishimiz shart”-dedi Pirimov.

-Sizni maydonda kamdan-kam hollarda ko'ramiz. Bu nima bilan bog'liq? Balki jarohatingiz bordir?


-Menda hech qanday jarohat yo'q. Men hamma qatori mashg'ulotlarda ishlayapman. Asosiy tarkibda kim maydonga tushishini esa murabbiylar hal qilishadi. Men hamma vaqt maydonga tushib jamoamga yordam berishga tayyorman. Hozir bor etiborimni birinchi davraning oxirgi ikki uchrashuviga qaratganman. Birinchi davra yakunlanganidan keyin keyingi taqdirim to'g'risida o'ylab ko'raman. Har qanday futbolchi muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lib turishni xoxlaydi.


-Endi mavzudan chetlashsak va MTJ haqida suhbatlashsak. Yaqinda O'FF Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabini saralash bosqichini oxiriga etkazib qo'yish uchun imkoniyat berdi. Umuman MTJning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

-Milliy terma jamoamizning imkoniyati Janubiy Koreya mag'lub bo'lgandan keyin yana o'z qo'liga o'tdi. Xitoyga qarshi kechadigan bahsda qanday bo'lmasin g'alaba qozonishimiz shart. So'nggi uchrashuvni Koreyaga qarshi  o'z maydonimizda o'tkazamiz, bu esa bizga ustunlik berishi mumkin. Muxlislarga murojaat qilmoqchi man. Keling MTJga ishonishda davom etaylik. Ularga ruhiy bosim o'tkazishdan foyda yo'q, bugun ularga dalda berib turishimiz kerak. Ularga o'z kuchlariga ishonch hosil qilishga yordam beraylik. Qaror qabul qilingan, nima bo'lgan taqdirda shu murabbiylar keyingi ikki uchrashuvga termani tayyorlashadi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика