So’nggi yangiliklar

00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  53 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0

Bahrom Haydarov: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik"

Superliganing 20-turi doirasida "Buxoro" - "Qo'qon-1912" bahsi yakunlanganidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida qatnashdi.

- "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. Mag'lubiyatga loyiq emasdik deb o'ylayman. Reja bo'yicha ikkinchi bo'limda raqibga bosim o'tkazish kerak edi va buni uddalay oldik. Safarda o'ynagandan keyin vaziyatlardan foydalanish kerak. Teng o'yin bo'ldi, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Kamida durangga loyiq edik. Alamli mag'lubiyatga uchradik. Nima deyishni ham bilmayman.

- Gol haqida fikringiz, bu qanday shakllandi?

- Hujumdan himoyaga qaytishda sustkashlikka yo'l qo'ydik. Raqiblar to'pni egallab olib, tez hujumga o'tishdi. Buni hali taxlil qilib chiqamiz. Zarba bergan Aziz Amonov yonida Shohruh Gadoev bo'lishi kerak edi, bu vaziyatda zarbaga yo'l qo'ymaslik kerak edi. Rikoshetdan keyin darvozabonimiz ham ishonchli harakat qilmadi, olib chiqsa bo'ladigan vaziyat edi. Menimcha darvozamiz yonida ko'zga tashlanadigan vaziyat bo'lmadi. Omad "Buxoro" tomonida bo'ldi va to'p darvozaga kirib ketdi. Darvozabonimiz to'p chiziqdan o'tmadi deb aytdi, lekin bu umuman boshqa holat. Birinchi navbatda tezroq himoyaga o'tishimiz kerak edi. Keyin ularga darvozamizga zarba berishiga yo'l qo'ydik. "Buxoro" bu golga loyiq edi. 

- Shohruh Gadoevning almashtirilishi shu vaziyat bilan bog'liqmi?

- Yo'q, u birinchi davrada kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi va shu sababli u to'liq o'ynashga tayyor emas. Futbol jamoaviy sport turi. Jamoadoshlari xato qilsa, jamoadoshlari to'g'rilashi uchun harakat qilyapmiz. Epizodlarni taxlil qilamiz va yigitlarga ko'rsatamiz, shu vaziyatlarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. U bugungi o'yin holatidan kelib chiqib, charchoqni his qilganidan keyin almashtirildi. 

- Jamoangiz 20 o'yinda 15 ta gol urdi, statistika bo'yicha jamoa eng kam gol urganlar ro'yxatida ikkinchi o'rinda turibdi. Bu kam emasmi?

- Albatta, kam. Ikkinchi davrada bir qancha hujumchilar olib, jamoadagi raqobatni kuchaytirgan edik. Birinchi davrada 10tacha gol urgandik. Bu ham juda kam. Bugun mana ikkinchi bo'limning o'zida 4ta 100 foizlik vaziyatlar bo'ldi. Abror Karimovda, Abdug'ofur Haydarovda ikkita vaziyat, Javohir Husanovda ham vaziyat bo'ldi. G'alaba qozonish uchun buncha vaziyatlarning hech bo'lmasa yarmini foydalanish kerak. Buning ustida ishlash kerak. Shuncha vaziyatlar hali ham ko'z oldimda turibdi. Bunday pallalarda gollar ura olmasak, keyinchalik ham bizga qiyin bo'ladi va jamoaga salbiy tasir o'tkazadi. Gol ura olmaslik keyinchalik turnir jadvalida quyilashga sabab bo'ladi. Umumiy olsak, jamoam o'yini bo'yicha bu o'ringa munosib emas. Yuqoriga ko'tarilishga harakat qilamiz

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика