So’nggi yangiliklar

12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  2 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  3 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  10 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13

Viktor Karpenko: "Birinchi bo'lim bizning ustunlikda o'tdi, ikkinchi bo'limda himoyalanishga majbur bo'ldik" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "Birinchi bo'lim bizning ustunlikda o'tdi, ikkinchi bo'limda himoyalanishga majbur bo'ldik"

Superliganing 20-turi doirasida "Buxoro" - "Qo'qon-1912" bahsi yakunlanganidan keyin mezbonlar vaqtinchalik bosh murabbiyi Viktor Karpenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'zlarini o'yinga bahsh qilgani, xohishi yuqoriligi uchun yigitlarga rahmat aytaman. "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan keyin Buxoroga qaytdik, keyin Qarshiga keldik. Ikki kun qiyin o'tdi, bu paytda jamoani o'yinga tayyorlab bo'lmasdi, biz yigitlarni tiklashga harakat qildik. Futbolchilar bugun xarakter namoyish qilishdi va g'alabaga erishishdi. Ularga katta rahmat aytaman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'lim "Buxoro" ustunligi ostida o'tdi va bir qancha vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limda charchoq evaziga himoyalanishga majbur bo'ldik va gol urib oldik. Sabr qildik va g'alabani ilib ketdik. Bu bilan barcha buxoroliklarni, klub rahbariyatini tabriklayman. Jamoa to'g'ri yo'lda, hali barchasi oldinda. Tarkibdagi futbolchilar yaxshi saviyada, faqatgina ularga ishonch berish kerak. Shundagina natijalar ham keladi.

- Bugun hakamning harakatlariga ko'plab etirozlar bildirdingiz. Buning sababi nimada?

- Kichik follarga va fol berilishi kerak bo'lmagan joylarda hushtak chalindi. Umuman olganda hakamlikka etirozim yo'q. Biz o'yindamiz, hakam ko'rganiga hushtak chaldi, biz esa hissiyotlarga berilaverdik. Bugun hakamlar yaxshi ishlashdi. Etirozlar umuman yo'q. Menimcha raqiblar buni tasdiqlasa kerak, o'yin teng bo'ldi, hakamlar professional ishlashdi.

- Urilgan goldan keyin Jo'rabekov maydonga tushirildi. Bu hisobni saqlab qolish uchun qilingan o'zgarishmidi?

- Shahboz universal futbolchi. U himoyada ham raqiblarni yopa oladi va hujumda agressivlik namoyish qilishi mumkin. U bugun himoyadan ko'ra ko'proq hujumda harakat qildi. Biz savollarni yo'qotish uchun ikkinchi golni urmoqchi edik. Lekin himoyada yaxshi o'ynab, gol o'tkazmasdan bitta gol urish ham g'alabaga etarli bo'ladi. Shahboz jamoaga yaxshiroq o'yin namoyish qilishi uchun yordam berdi.

- Hayrullaev yoki Amonov: ulardan qaysi biri bugungi g'alabaga ko'proq hissa qo'shdi?

- Biror kishini ajratib ko'rsatmagan bo'lardim. Chunki butun jamoa g'alaba uchun borini berdi. Bugun Ravshan Hayrullaevning tug'ilgan kuni edi, yigitlar g'alabani unga sovg'a qilishdi. Menimcha biror kishining g'alaba uchun katta ish qilgani emas, balki butun jamoaning o'yini muhimroq. Jamoadagi barcha natija uchun ishlamoqda. Futbolchilar bir-biri uchun o'ynashi kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика