So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  7 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

JCH-2014. SHveycariya - Franciya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. SHveycariya - Franciya. PREVYU

Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining “E” guruhida bugun 2-tur bahslari o'tkaziladi.
Gonduras Ekvadorga qarshi bahs olib borsa, Franciya SHveycariya bilan bellashadi.

SHveycariya va Franciya hozircha “E” guruhining etakchilari bo'lib turishibdi. CHunki har ikkala jamoa ham o'tgan turda g'alaba qozondi. SHunday ekan, bugun tunda bo'lib o'tadigan o'zaro bahs guruhdan kimning chiqishini aniqlab bersa ajab emas. Musobaqa boshlanmasidan oldinoq mazkur guruhdan shu ikki jamoaning chiqishi taxmin qilingandi. Dastlabki turda har ikki jamoa o'z o'yinini ko'rsatgan holda zafar quchdi. Ayniqsa, SHveycariyaning g'alabasi bugungi o'yinga bo'lgan qiziqishni yanada oshirib yubordi.



Avvalgi uchrashuvda Ottmar Xitcfeld ko'pchilik taxmin qilgan tarkibni maydonga tushirdi. Keyin esa ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Mexmedi va Seferovich kabi futbolchilar jamoa o'yinini yanada kuchaytirishdi, qolaversa gol ham urishdi. Bugungi bahsda ham Xitcfeld o'zining eng kuchli tarkibini maydonga tushirmoqchi. Faqat asosiy tarkibda Seferovich o'ynaydimi yoki Drmich, shu savol ochiqligicha qolmoqda.

Franciya esa Gonduras ustidan osonlik bilan g'alaba qozondi. Lekin bugungi o'yinda Desham sal boshqacha tarkibni tushirsa kerak. CHunki navbatdagi raqib anoyilardan emas. Bundan tashqari, Gonduras bilan o'yindagi 3:0 hisobi Franciyaning ham kuchli ekanligini ko'rsatib berdi. Lekin ular shu kuchni SHveycariyaga qarshi ko'rsata olishadimi? Buni esa bugungi bahs ko'rsatib beradi. Riberining o'rinbosari sifatida etirof etilayotgan Grizmanga negadir murabbiy tomonidan kam etibor berilyapti. Bu futbolchi yana zaxirada qolsa kerak. SHuningdek, Kabella bilan Remi ham asosiy tarkibda tushmasligi mumkin.



JCH-2014. “E” guruhi. 2-tur
SHVEYCARIYA - FRANCIYA
Salvador. “Fonte-Nova” stadioni.
Bosh hakam: Born Keypers (Gollandiya)

Taxminiy tarkiblar

SHveycariya: Benalo - Lixtshtayner, Juru, fon Bergen, Rodriges - Inler, Berami - SHakiri, Jaka, Mexmedi - Drmich

Franciya: Loris - Debyushi, Varan, Saxo, Evra - Matuidi, Pogba, Kabay - Valbuena, Grizmann - Benzema

Ottmar Xitcfeld (SHveycariya termasi bosh murabbiyi):
“Franciyaning ojiz nuqtasini topish qiyin masala. Men 13 yildan beri shu savolning javobini topishga harakat qilaman. Biz himoyada juda chuqur va bir tekis o'yin ko'rsatishimiz kerak. Qolaversa, har bir imkoniyatdan foydalanishimiz shart. Butun jamoa bo'lib hujumga o'tish esa naf bermaydi deb o'ylayman”.

Dide Desham (Franciya termasi bosh murabbiyi):
“Gondurasga qarshi qanday o'ynagan bo'lsak, bu safar ham shunday harakat qilmoqchimiz. SHveycariyaning hujum chizig'i kuchli, qolaversa ularda mahoratli futbolchilar etarlicha topiladi”.



O'zaro uchrashuvlar - 36 o'yin: +12=9-15 58:62

Oxirgi uchrashuv: 13.06.2006. Franciya - SHveycariya 0:0

Qiziqarli faktlar
-   SHveycariya rasmiy bellashuvlarda Franciyani umuman mag'lub etmagan.
-   Jamoalar o'rtasidagi oxirgi uch uchrashuv durang bilan yakun topgan.
-   SHveycariya termasi 2012 yilning may oyidan beri faqat bir marta yutqazdi.
-   Franciya jahon chempionatlari tarixida faqat bir marta ketma-ket ikki uchrashuvda g'alaba qozongan (1998 yil).

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика