So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  7 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

JCH-2014. Nigeriya - Bosniya va Gercegovina. Prevyu Yangiliklar

JCH-2014. Nigeriya - Bosniya va Gercegovina. Prevyu

Birinchi turda bosniyaliklar Argentinaga qarshi o'yinda mag'lub bo'lishgandi, Nigeriya esa Eron bilan durang o'ynagandi.
Umuman olganda ushbu guruhda oldindan Argentina favorit sanalayotgandi. Ikkinchi o'rin uchun bahs Bosniya va Nigeriya o'rtasida kechishi kutilmoqda. SHu bois bugungi o'zaro o'yinda g'alaba qozongan jamoa keyingi bosqich uchun imkoniyatlarini oshirib oladi.



"F" guruhi
Nigeriya - Bosniya va Gercegovina
22 iyun. 03:00
Bosh hakam:
Piter O'Liri (Yangi Zelandiya)
Yordamchi hakamlar: Yan Xendrik Xinc (Yangi Zelandiya), Mark Rul (Yangi Zelandiya)
Zaxira hakami: Roberto Moreno (Panama)

Taxminiy tarkiblar:
Nigeriya: Enyama - Embrouz, Omeruo, Yobo, Oshaniva - Obi Mikel, Onazi - Odemvinge, Ameobi, Mozes - Emenike

Bosniya va Gercegovina: Begovich - Muydja, Bichakchich, Spaxich, Kolashinac - Xayrovich, Beshich, Pyanich, Lulich - Ibishevich, Djeko

Jarohat olganlar: yo'q

So'roq ostida: Oboabona (Nigeriya)



O'yin oldi fikrlar

Stiven Keshi (Nigeriya bosh murabbiyi):

"Nigeriyada odamlar bizdan faqat g'alaba kutishmoqda. Eronga qarshi bahsda biz o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Durang bizni qoniqtirmadi. Endi uch ochko olishimiz shart. Men Bosniyani juda hurmat qilaman".

Safet Sushich (Bosniya va Gercegovina bosh murabbiyi):

"Biz birinchi o'yinda borimizni ko'rsata olmadik. Umid qilamanki, Argentina qolgan ikki o'yinniyam yutadi. SHunda ikkinchi o'rin uchun Eron, Nigeriya va biz kurashamiz. Guruhdan chiqishga kuchimiz etadi".



Qiziqarli faktlar

Ushbu ikki jamoa shu kunga qadar umuman to'qnash kelishmagan.

Nigeriya Jahon chempionatidagi oxirgi 9ta o'yinda yuta olmagan.

Nigeriya so'nggi bor 2002 yil mundialda golni standart vaziyat emas o'yindan kiritgan. SHveciyaga qarshi bahsda Agaxova gol urgan.

Nigeriya JCHdagi oxirgi o'tkazib yuborilgan 6ta golning 5tasini standart vaziyatlardan so'ng o'tkazgan.

Bosnii va Gercegovina terma jamoasi hujumchisi Edin Jeko Evropa qitasidagi JCH-2014 saralashi doirasida gol+pas bo'yicha eng yaxshi futbolchi bo'lgandi. "Siti" vakili 10ta gol urib 4ta pas oshirgan.


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика