So’nggi yangiliklar

07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  11 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - AQSH Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - AQSH

Jahon chempionati "G" guruhining yana bir vakili AQSH terma jamoasi haqida to'xtalib o'tamiz.


AQSH terma jamoasi mundialdagi debyut ishtiroki amerikaliklar tarixidagi hozirgacha eng esda qolarli va eng yaxshi natija bo'lib qolmoqda. AQSH o'zining ilk ishtirokini 1930 yilda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida bronza medali bilan nishonlagan. Aynan ilk urinish ular uchun eng omadlisi hisoblanadi. AQSH o'shanda guruh bosqichini g'alabalar bilan yakunlaydi. Faqatgina yarim finalga kelib, Argentinadan qaqshatkich zarbani qabul qilib oladi. AQSH Argentina bilan bo'lgan bahsda o'z darvozasidan oltita to'p olib chiqadi va raqib posbonini bir bor ranjita oladi. Lekin ular uchun ilk ishtirok muvaffaqiyatli yakun topadi. AQSH safida Bart Makgi, Jim Braun, Bert Pentoud kabi futbolchilar yorqin o'yin ko'rsatishgan va jamoani bronza medallarini qo'lga kiritishida katta hissa qo'shishgan.
AQSH terma jamoasini o'shanda Robert Millar boshqarib borgan. Keyingi mundial ular uchun omadsiz kelgan. Dastlabki o'yindayoq Italiya AQSH darvozasiga etti bor yo'l topa olishgan edi.
Umumal olganda, AQSH terma jamoasi ko'p yillar mobaynida mundialda munosib ishtirok etib kela olmadi.


AQSHning so'nngi mundialda ko'rsatgan o'yini va natijasi ancha yaxshilandi. 2010 yilda JARda o'tkazilgan mundialda ANgliya, Sloveniya va Jazoir terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan AQSH termasi, dastlab Angliya bilang durang o'ynadi. Keyingi turda Sloveniya bilan ham murosa ko'chasini tanlashga to'g'ri keldi. Va so'nggi turda Jazoirni kichik hisobda mag'lub etib, 1/8 finalga yo'l oldi. Nimchorak finalda esa Gana terma jamoasi qo'shimcha bo'limlarda AQSHni dog'da qoldirib ketgan edi.


2011 yildan boshlab jamoani nemis mutxassisi Yurgen KLinsman o'z qo'liga oldi. Ushbu taniqli murabbiy qo'li ostida jamoa ancha yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Yurgen Klinsman  jamoada bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Eng kutilmagan o'zgarish bu Lendon Donovanning mundialga olib ketilmagani bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. 2006 yilda Germaniya o'tkazilgan jahon chempionatining “eng yaxshi yosh futbolchisi” bo'lgan Lendon Donovan bu safar mundialni televizor qarshisida ko'rishga majbur. Ayni paytda Klinsman jamoasida Dempsi etakchilik qiladi. Ushbu hujumchi AQSHning mundialdagi eng ishongan futbolchilaridan biri bo'lishi kutilmoqda.


AQSH terma jamoasi hozirgacha qatnashgan mundiallarda jami 29 o'yin o'tkazgan. SHularning 7 tasida g'alaba qozonishgan bo'lsa, 5 o'yinda darung qayd etishgan va 17 uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashgan. To'plar nisbati: 32-56.

Donovan Klinsman etiboridan chetda qoldi

AQSH terma jamoasi haqida:

Tashkil topgan yil: 1885

Mintaqasi: KONKAKAF

Bosh murabbiy: Yurgen Klinsman (Germaniya)

Jamoa sardori: Klint Dempsi

Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Kobi Jons (164 o'yin)

Eng yaxshi to'purar: Lendon Donovan (57 gol)

FIFA reytingidagi o'rni: 13

Ilk o'yin
: SHveciya - AQSH 2:3 (1916 yil)

Eng yirik g'alaba
: AQSH - Barbados 8:0 (2008 yil)

Eng yirik mag'lubiyat
: Norvegiya - AQSH 11:0 (1948 yil)

Erishgan yutuqlari
:
KONKAKAF Oltin kubogi sohibi
: (1991, 2002, 2005, 2007, 2013)


AQSH terma jamoasi tarkibi:

Darvozabonlar: Gyuzan ("Aston Villa"), Xovard ("Everton"), Rimando ("Solt Leyk Siti").
 
Himoyachilar
: Bisli ("Puebla"), Bisler ("Kanzas Siti"), Bruk ("Gerta"), Kemeron ("Stouk Siti"), CHendler ("Nyurnberg"), Gonsales ("Los-Andjeles Gelaksa"), Gudson ("San-Xose"), Djonson ("Xoffenxaym"), Yedlin ("Sietl").
 
Yarim himoyachilar: Bekkerman ("Solt Leyk Siti"), Bedoyya ("Nant"), Bredli ("Toronto"), Devis ("Xyuston"), Diskerud ("Rusenborg"), Grin ("Bavariya"), Djons ("Beshiktash"), Zusi ("Kanzas").
 
Hujumchilar: Altidor ("Sanderlend"), Dempsi ("Sietl"), Yoxansson (AZ), Vondolovski ("San-Xose").


SHahboz Beg'amov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика