So’nggi yangiliklar

07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  11 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

JCH-2014. Mezbonlar irodali g'alaba bilan boshlashdi Yangiliklar

JCH-2014. Mezbonlar irodali g'alaba bilan boshlashdi

Braziliyadagi mundialning ilk uchrashuvida mezbonlar qiyinchilik bilan bo'lsa ham g'alabaga erishishdi.

Musobaqaning ilk turida Braziliya Xorvatiya bilan kuch sinashdi. O'yinning 12-daqiqasida tajribali Olich chap qanotdan oldinga bordi va jarima maydoniga erlatib to'pni oshirdi, Elavich to'p uchun kurashdi, undan o'tib ketgan to'pni Marselo kutilmaganda o'z darvozasiga yo'lladi - 0:1. 



SHundan so'ng maydon egalari katta kuch bilan oldinga o'tishdi. 21-daqiqada Paulino jarima maydoni ichiga kirib borib darvozaga aniq zarba berdi, biroq Pletikosa navbatdagi bor o'zini ko'rsatdi 23-daqiqada Neymar o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga kirib bordi va to'pni sheriklariga oshirdi, jarima maydoni tashqarisida turgan Oskar to'pni uzoq burchakka yo'lladi. "Rostov" posboni ajoyib seyv bilan to'pni qaytardi!

28-daqiqada Dario Srna to'pni jarima maydoniga oshirdi, David Luiz uzun sochlari yordamida to'pni qaytardi. Qayta hujumdan so'ng Elavich boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi! Julio Sezar to'pni ushlab oldi.

Keyingi daqiqada hisob tenglashdi. Markazda to'pni Oskar egallab olib nafis harakat bilan uni Neymarga uzatdi, Neymar esa chap oyog'i bilan erlatib darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi - 1:1.



Dastlabki bo'lim shu hisob bilan tugadi.

69-daqiqada Deyan Lovren sekingina Fredni tortib qoldi Nishimura penalti belgiladi. Belgilangan penaltini Neymar amalga oshirdi, Pletikosa to'pni qaytardi, biroq to'p baribir darvoza ichiga borib tushdi - 2:1. 



76-daqiqada Oskar o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, hujumchilarga yordamga etib kelgan David Luiz boshi bilan darvozaga noaniq zarba berdi.

Hisobda ortda qola boshlagan Xorvatiya so'nggi daqiqalarda gol urishga yaqin keldi. 82-daqiqada ular gol urishdi, ammo o'sha vaziyatda Olich darvozabonga qo'pol o'ynagani uchun Nishimura golni inobatga olmadi.

90-daqiqada Oskar maydon markazida to'pni egallab oldi va jarima maydoniga yaqinlashib kuchli bo'lmagan, lekin aqlli zarba berdi. To'p Pletikosa qo'riqlayotgan darvozaning yaqin burchagiga kirib ketdi - 3:1.  

Uchrashuv Braziliyaning irodali g'alabasi bilan tugadi. "A" guruhidan o'rin olgan ikkinchi bahs 13 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Unda Meksika va Kamerun o'zaro kurash olib borishadi.



BRAZILIYA - XORVATIYA 3:1 (1:1)
13 iyun. 01:00.
San-Paulu. "Arena Korintians" stadioni.
Bosh hakam:
Yuichi Nishimura (Yaponiya)
Yordamchi hakamlar: Toru Sagara, Toshiyuki Nagi (ikkisi Yaponiya)
To'rtinchi hakam: Alirizo Fag'oni (Eron)

Gollar: Marselo, 11 avtogol - 0:1. Neymar, 29 - 1:1. Neymar, 71 penalti - 2:1. Oskar, 90+2 - 3:1.

Braziliya:12.Julio Sezar, 2.Daniel Alves, 3.Tiago Silva, 4.David Luis, 6.Marselo,7.Xalk (20.Bernard, 68), 8.Paulino (18.Ernanes, 64), 9.Fred, 10.Neymar(16.Ramires, 89), 11.Oskar, 17.Luis Gustavo.

Xorvatiya: 1.Stipe Pletikosa, 2.SHime Vrsalko, 4.Ivan Perishich, 5.Vedran CHorluka, 6.Deyan Lovren, 7.Ivan Rakitich, 9. Nikica Elavich (16.Ante Rebich, 78), 10.Luka Modrich, 11.Dario Srna, 20.Mateo Kovachich (14.Marselo Brozovich, 61), 18.Ivica Olich.

Ogohlantirishlar: Neymar (27), CHorluka (65), Lovren (69), L. Gustavo (88).

 

N.Saydullaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика