So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  7 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

JCH-2014. Italiyani taslim qilgan Kosta-Rika "o'lim guruhi"dan tirik chiqdi! Yangiliklar

JCH-2014. Italiyani taslim qilgan Kosta-Rika "o'lim guruhi"dan tirik chiqdi!

Braziliyadagi mundial bizga sensacion natijalarni taqdim etishda davom etadi.
Birinchi turda barchani hayron qoldirib Urugvay terma jamoasini mag'lub etgan Kosta-Rika o'sha g'alaba oddiy tasodif emasligini isbotladi.

Ikkinchi turda Italiya bilan kurash olib borgan Kosta Rika terma jamoasi asosiy etiborni qarshi hujumga qaratdi. Bu samara keltirdi.

8-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni Borxes boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p to'sin ustidan o'tib ketdi, ushbu vaziyatda Buffon xatoga yo'l qo'ygandi.

30-daqiqada Balotelli qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. U darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib to'pni uning ustidan tashlashga urindi, biroq zarba noaniq bo'ldi.



32-daqiqada yana o'sha Balotelli jarima maydoni chizig'i ustidan darvozaga zarba berdi. Darvozabon o'zini ko'rsatdi.

44-daqiqada o'yin taqdirini hal qilgan vaziyat sodir bo'ldi. Diazning pasidan so'ng Ruiz boshi bilan Buffonni dog'da qoldirdi! To'p to'singa tegib darvoza ichiga borib tushdi - 0:1!

51-daqiqada Darmianning zarbasi noaniq ketdi, keyingi daqiqada Pirloning jarima to'pidan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Navas qaytardi.



Prandelli o'yinga Kassano, Insine va Alessio CHerchi kabi hujumchilarni tashladi. Biroq italyanlarning hech bir hujumi samara keltirmadi. SHu tariqa guruhda ikkala o'yinni yutgan Kosta-Rika "o'lim guruhi" deb atalgan guruhdan birinchi bo'lib keyingi bosqichga chiqdi!

Ushbu o'yindan so'ng kecha Urugvayga mag'lub bo'lgan Angliyaning guruhdan chiqa olmasligi malum bo'ldi.

So'nggi turda Urugvay va Italiya ikkinchi yo'llanma uchun o'zaro kurash olib borishadi.




#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Kosta-Rika22004 - 136
2Italiya21012 - 203
3Urugvay21013 - 4-13
4Angliya20022 - 4-20


Italiya – Kosta-Rika 0:1

20 iyun. 21:00
Resife. “Arena Pernambukano” stadioni.
Bosh hakam: Enrike Osses (CHili)
Yordamchi hakamlar: Karlos Astroza (CHili), Serxio Roman (CHili).
Zaxira hakami: Neant Alium (Kamerun)

GOL: Ruis 44

Italiya: Buffon, Kellini, Darmian, Motta (Kassano, 46), Kandreva (Insine, 56), Abate, Markizio (Alessio CHerchi, 69), Balotelli, Barcali, De Rossi, Pirlo,

Kosta-Rika: Keylor Navas, Gonsales, Umanya, Borxes, Duarte, Bolanos, Kempbell (Urenya, 73), Ruis (Brenes, 80), Dias, Gamboa, Texeda (Kubero, 67).

Ogohlantirishlar: Balotelli 69 - Kubero 71


Narzulla Saydullaev .
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика