So’nggi yangiliklar

07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  11 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

JCH-2014. Eng, eng, eng... Yangiliklar

JCH-2014. Eng, eng, eng...

Braziliyadagi mundialdan oldin Football.ua sayti vakillari eng, eng, eng futbolchilarni aniqlab chiqdi.
736 futbolchi va 32 murabbiy – ularning barchasi Braziliyadagi karnavalga tayyorlar!
 

• Eng qari futbolchi – kolumbiyalik Farid Mondragon (JCH-2014 ochilish kuni u 42 yosh 356 kunlik bo'ladi, musobaqa vaqtida 43 yoshga to'ladi);



• Eng yosh futbolchi – kamerunlik Fabris Olinga (18 yosh va 31 kun);



• Eng bo'yi uzun futbolchi – Angliya terma jamoasi darvozaboni Freyzer Forster (201 sm);



• Eng bo'yi past futbolchi – gonduraslik Marvin CHaves (156 sm).



32 terma jamoa orasida:

• Eng qarisi – Argentina (o'rtacha yoshi 28dan katta);

• Eng yoshi – Gana (o'rtacha yoshi 25);

• Eng bo'yi uzuni – Germaniya (o'rtacha bo'yi 185 sm);

• Eng bo'yi past – CHili (o'rtcha bo'yi 176 sm).
 



24 nafar futbolchi 70-yillarda tug'ilgan (3,26%);

625 nafar futbolchi 80-yillarda tug'ilgan (84,91%);

87 nafar futbolchi 90-yillarda tug'ilgan (11,82%).

7 murabbiy 40-yillarda tug'ilgan (21,8%);

12 murabbiy 50-yillarda tug'ilgan (37,5%);

11 murabbiy 60-yillarda tug'ilgan (34,3%);

2 murabbiy 70-yillarda (6,25%).
 


Musobaqada 32 foiz futbolchi oldin ham Jahon chempionatida o'ynagan. Bu yil faqat Bosniya va Gercegovina terma jamoasi mundialda debyut qiladi.



Italiya terma jamoasi posboni Janluiji Buffon uchun beshinchi mundial. U 2006 yil Andrea Barcali, Daniele de Rossi va Andrea Pirlo bilan birga Jahon chempioni bo'lgan. Ispaniya terma jamoasi safida 16ta amaldagi chempionlar bor.

Terma jamoalarda maydonga tushish borasida Iker Kasilyas rekordchi (154ta o'yin), eng ko'p golni esa Miroslav Kloze urgan (69ta gol).
 

Rossiya terma jamoasi safida bironta legioner yo'q. Kot-d’Ivuar safida milliy ligadan faqat bitta futbolchi bor. Urugvay bilan qiziq holat yuzaga kelgan – mahalliy chempionatda o'ynayotgan Koates "Nasonal"da ijarada o'ynamoqda, ammo u "Liverpul"ga tegishli…



MYU va "Bavariya"dan 14tadan futbolchi JCHda o'ynaydi. Myunxen klubi vakili Riberi jarohat olib safdan chiqmaganida "Bavariya" bu borada chempion bo'lardi. Angliya Premer-ligasidan eng ko'p futbolchi olingan. JCH-2014da ishtirok etuvchi 15 foiz o'yinchi Angliya klublaridan.
 

Mundialda ishlaydigan eng qari murabbiy – Rossiya terma jamoasi ustozi Fabio Kapello (67 yosh, 359 kun). Eng yoshi – Kot-d’Ivuar bosh murabbiyi Sabri Lyamushi  (42 yosh, 215 kun).



Skolari (2002) va Del Boske (2010) oldin ham Jahon chempioni bo'lishgan.

Mundialda eng ko'p murabbiylar Germaniyadan. Argentina, Kolumbiya, Italiya va Portugaliyadan uchtadan murabbiy bor. Qizig'i Kolumbiyani o'zini mahalliy emas legioner murabbiy boshqarmoqda.

Klinsmann, Kovach, Xon Myun-Bo, Vilmots va Desham kabi murabbiylar o'z vaqtida terma jamoa sharafini himoya qilishgan. Tarixda Mario Zagallo va Franc Bekkenbauer ham futbolchi, ham murabbiy sifatida Jahon chempion bo'lgan. Ushbu natijani Desham (Franciya) va Klinsmann (AQSH) takrorlashlari mumkin.



 

football.ua sayti asosida Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика