So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  7 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

JCH-2014. Argentina - Eron. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Argentina - Eron. PREVYU

JCH-2014 saralash bahslarida O'zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhda kurash olib borgan Eron bugun Argentinaga qarshi maydonga tushadi.
Avvalgi uchrashuvda Messi jamoadoshlari qiyinchilik bilan Bosniyani mag'lub etishdi. O'sha o'yinda Messi ham gol urdi va hali unutilmaganini yodga solib qo'ydi. Bugun esa janubiy amerikaliklar Osiyo vakilini sinovdan o'tkazishadi.  

Bosniya bilan kechgan bahsdan so'ng Argentina atrofida turli gap-so'zlar aylandi. Negaki jamoa bosh murabbiyi o'yinni 5-3-2 taktikasida boshladi va qachonki sxema 4-3-3ga o'zgargach, argentinaliklarning o'yini qovushib ketdi. Ungacha esa futbolchilar o'yindan rohat olishmayotgandi. Kim biladi deysiz, dastlabki tanlangan taktika oxirigacha qolganida Argentina g'alaba qozonmasligi ham mumkin edi. SHundan so'ng matbuot vakillari himoyaviy taktikani muhokama qilishga tushishdi. Argentinaga shunday usulda o'ynash yarashadimi degan savollar ham o'rtaga tashlandi. Hatto Messining o'zi ham murabbiyni salgina tanqid qilib o'tdi.



SHundan kelib chiqib Argentina bugungi bahsni 4-3-3 sxemasi ostida o'tkazsa kerak. SHunday bo'lgan taqdirda Gago va Maskerano maydon markazida to'p suradi, Iguan esa hujumning old qismida harakat qiladi va unga yon tomonlardan Messi, Aguero, Di Maria ko'mak berishadi. Eron terma jamoasi Nigeriya bilan kechgan o'yinda o'ziga kerakli bo'lgan natijani qayd eta oldi. Karlush Keyrush shogirdlarining imkoniyatidan kelib chiqqan holda asosiy urg'uni himoyaga qaratmoqda. Xo'sh, himoyaviy futbol Argentina bilan bo'ladigan bahsda ham o'z mevasini beradimi?

Keyrushning muvaffaqiyatlari siri nimada? Portugaliyalik murabbiy dastlab raqib o'yin uslubini chuqur o'rganib chiqadi va shunga qarab jamoasini tayyorlaydi. SHundan kelib chiqib bu gal ham Eronning asosiy tarkibida o'zgarish bo'lmasa kerak.



JCH-2014. “F” guruhi. 2-tur
ARGENTINA – ERON
Belu-Orizonte. “Mineyrao” stadioni
Bosh hakam: Milorad Majich

Taxminiy tarkiblar
Argentina: Romero - Sabaleta, F.Fernandes, Garay, Roxo - Maskerano, Gago, Di Mariya - Aguero, Messi, Iguain
Eron: A.Xagigi - Muntazari, Sadegi, Hossayni, Pooladi - Teymuryan, Nekunam - Haydari, Xaysafi, Dejaga - Guchannajod
Jarohat olganlar: yo'q
Diskvalifikaciya: yo'q



Alexandro Sabella (Argentina termasi bosh murabbiyi):
“Biz hammamiz erkin odamlarmiz va har doim shogirdlarimga ishonganman. Futbolchilar ham o'z fikrlarini bildirish huquqiga egalar. SHunday ekan, Messining birinchi o'yindan keyin aytgan gaplari meni hayron qoldirmadi. U Di Maria bilan o'ynashni xohlamoqda. Diktatorlik qilganimda yaxshi ish bo'lmasdi”.

Karlush Keyrush (Eron termasi bosh murabbiyi):
“Argentinaga qarshi kechadigan bahs Eron futboli tarixida muhim sahifani ochadi. Biz bu o'yinga xuddi shunday nazar bilan qarayapmiz”.


Qiziqarli faktlar
-   Argentina JCH o'yinlarining oxirgi 13tasida faqat bir marta mag'lubiyatga uchragan
-   Eron termasi JCHda o'zining o'nta uchrashuvidan faqat bittasida g'alaba qozongan (1998 yil, AQSH ustidan).

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика