Zanolo A Seriyaga qaytadimi?
25 fev 2024 00:00
Yangiliklar
Zanolo A Seriyaga qaytadimi?
Ijara asosida "Aston Villa"da o'ynayotgan "Galatasaroy" futbolchisi Nikolo Zanologa A Seriya klublari qiziqmoqda.
Angliya klubi italyanni xarid qilish bandini faollashtirishni rejalashtirmayapti, shu sabab u mavsum so'nggida katta ehtimol bilan "Galatasaroy"ga qaytadi.
Turk grandi Zanoloni yana ijaraga berib yubormoqchi va unga A Seriyaning kamida besh vakili qiziqish bildirmoqda. Gap "Yuventus", "Milan", "Napoli", "Fiorentina" va "Atalanta" haqida ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, Nikolo Zanolo Turkiyaga yo'l olishiga qadar "Roma"da o'ynagan. 24 yoshli hujumkor yarim himoyachining "Galatasaroy" bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar