So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  48 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  12 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  8 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Zafar To'raev: “Raqib bir kishi kam bo'lib qolgach, g'alaba haqida o'yladik” Yangiliklar

Zafar To'raev: “Raqib bir kishi kam bo'lib qolgach, g'alaba haqida o'yladik”

Teglar :  Zafar To'raevMashal
Oliy liganing 24-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Bunyodkor” (3:2) bahsida muborakliklar o'zlari uchun noxush bo'lgan ananalarga chek qo'ydi.

Yani bungacha “qaldirg'ochlar” darvozasiga birorta ham to'p kirita olmagan “gazchilar” shu kuni quruq seriyaga barham berish bilan bir qatorda ilk g'alabasini ham nishonladi. Uchrashuvda “Mashal”ga g'alaba keltiruvchi gol muallifi bo'lgan Zafar To'raev o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Ushbu turda o'z maydonimizda ochko yo'qotmaslikka xarakat qilgandik. CHunki o'zingiz bilsangiz kerak, oldingi uchrashuvlarda imkoniyatni boy bergandik. SHu bois “Bunyodkor”ga qarshi bahsga puxta tayyorgarlik ko'rib, muxlislarimizni quvontirishni maqsad qilgandik.

- O'yin juda qiyin kechdi. Lekin g'alaba qozonganimizni barcha qiyinchiliklarni yuvib yubordi. Juda xursandmiz. Tarixda ilk bor “qaldirg'ochlar”ni mag'lub etdik. SHu kungacha “Mashal” ushbu jamoaga qarshi o'yinlarda xatto gol kirita olmay kelayotganini bilardik. Noxush ananalargi chek qo'yganimizdan mamnunmiz. Bizga bitta g'alaba zarur edi. O'ylaymanki ushbu muvaffaqiyatdan so'ng yigitlarning ruhiy tomondan kayfiyati ham ko'tariladi va keyingi o'yinlarga yanada jiddiy tayyorgarlik ko'riladi.

- Ochig'ini aytganda, “Bunyodkor” bilan durang o'ynash ham biz uchun ijobiy natija edi. Ammo raqib maydonda bir kishi kam bo'lib qolgach, g'alaba haqida o'yladik va niyatimizga etdik. Jamoaviy o'yin evaziga yutdik deb o'ylayman. Lekin “qaldirg'ochlar” ham juda kuchli va yaxshi jamoa – deydi Zafar To'raev.

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика