So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  5 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Zafar Polvonov: "G'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritildi? Murabbiylarimizning tanlagan taktikasi hisobiga" Yangiliklar

Zafar Polvonov: "G'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritildi? Murabbiylarimizning tanlagan taktikasi hisobiga"

AGMK qatorasiga ikki turdan buyon mag'lub bo'lmayotgan “Bunyodkor” jamoasi ustidan zafar quchdi.

Mazkur uchrashuvdan oldin mezbonlar tarkibida ayrim yo'qotishlar mavjud edi. Yani markaziy hujumchi Mate Vatsadze jarohati bois qaydnomadan joy olmadi. Uning o'rniga asosiy tarkibdan jamoaning o'tgan yildagi to'purari Zafar Polvonov o'rin egalladi. Garchi, futbolchi bugun maydonni golsiz tark etgan bo'lsa-da, yomon o'yin namoyish qilmadi. Bellashuvdan so'ng Polvonov fikrlari bilan qiziqdik.

“Umuman olganda bugungi bahs haqida ijobiy fikr bildirishim mumkin. Birinchi galda jamoadoshlarimga katta rahmat aytaman. Muxlislar uchun qiziqarli o'yin bo'ldi. Stadionga tashrif buyurgan kam sonli ishqibozlar o'zgacha zavq olishdi. Ularga ohirgacha bizni olqishlab turishgani uchun tashakkur bildrib qolaman. G'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritildi? Avvalambor bu murabbiylarning tanlagan taktikasining samarasi. O'tgan turlardan so'ng o'z ustimizda ishladik, yagona maqsad va g'alaba ostida birlashdik. Bugungi yutuqda murabbiylar shtabining hissasi katta. Superliganing kuchli klublaridan birini mag'lub etganimizdan xursandmiz. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Mavsum davom etadi. Qiyin o'yinlar kutib turibdi. “Bunyodkor”ga keyingi turlarda omad va zafarlar tilab qolaman”, - dedi AGMK futbolchisi.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика