"Yuventus" Xenderson uchun 26,5 baravar kam maosh to'lamoqchi
14 jan 2024 15:13
Yangiliklar
"Yuventus" Xenderson uchun 26,5 baravar kam maosh to'lamoqchi
"Yuventus"dagilar Jordan Xendersonga Saudiya Arabistonidagi maoshidan 26,5 baravar kam maosh to'lamoqchi.
Turin klubi "Al Ittifoq"qa futbolchini 18 oyga ijaraga olish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Jordanning Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar davom etadi.
"La Gazzetta dello Sport" malumotiga ko'ra, "Yuventus" Xenderson uchun Osiyodagi kabi maosh to'lay olmaydi. Oldinroq Jordan "Al Ittifoq"da yiliga 40 mln evro maosh olayotgani aytilgandi. "Yuventus"da esa uning yillik maoshi 1,5 mln evroni tashkil qiladi.
SHuningdek, ijara shartnomasida futbolchini sotib olish varianti ham qo'shilishi mumkin. Ayni damda Xenderson uchun "Ayaks" ham kurash olib bormoqda. Ingliz klublari tomonidan Jordanga qiziqishlar yo'q.
Saudiya Arabistoni chempionatining ushbu mavsumida Xenderson 19 o'yinda 5ta assist amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar