"Bu vidolashuv emas, balki yangi bosqichning boshlanishi". Sherzod Nasrullaev "Nasaf" bilan xayrlashdi
01 jan 17:43
Yangiliklar
"Bu vidolashuv emas, balki yangi bosqichning boshlanishi". Sherzod Nasrullaev "Nasaf" bilan xayrlashdi
"Hurmatli "Nasaf" jamoasi, murabbiylar, rahbariyat va aziz muxlislar!
Bugun men uchun juda muhim va hayajonli lahza — "Nasaf" futbol klubidagi faoliyatim bilan xayrlashmoqdaman. Bu jamoa menga nafaqat futbolchi sifatida, balki inson sifatida ham katta tajriba va saboqlar berdi.
"Nasaf" safida o'tkazgan har bir kunim, har bir mashg'ulotim va har bir o'yinim qalbimda unutilmas xotira bo'lib qoladi.
Bu klub mening uyimga, uning ranglari esa hayotimning bir qismiga aylandi.
Murabbiylarimga ishonch va sabr uchun, jamoadoshlarimga elkadosh bo'lib birga kurashganimiz uchun, muxlislarga esa cheksiz qo'llab-quvvatlov va ishonch uchun chin dildan rahmat aytaman.
Bu xayrlashuv vidolashuv emas, balki yangi bosqichning boshlanishi. "Nasaf" doimo yuragimda qoladi. Jamoaga kelajakda katta g'alabalar, yorqin o'yinlar va cheksiz muvaffaqiyatlar tilayman", – deyiladi maktubda.
Avvalroq futbolchi "Paxtakor"ga o'tayotgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar
шуларга чидаш керак кароче Шерзод сабр килолмади агар карьера булса омадини берсин