“Yuve” Dembeleni ijaraga olmoqchi. Futbolchiga “Arsenal” va PSJ ham qiziqmoqda
25 may 2020 22:44
Yangiliklar
“Yuve” Dembeleni ijaraga olmoqchi. Futbolchiga “Arsenal” va PSJ ham qiziqmoqda
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, futbolchini bir yo'la uchta klub – “Yuventus”, “Arsenal” va PSJ o'z safiga chorlamoqda.
“Yuve” Dembeleni Pyanichning “Barsa”ga transferi borasidagi muzokaralarning bir qismi sifatida ijaraga olmoqchi. Italiyaliklar futbolchining harakatlarini kuzatishmoqchi. Agar u jarohat olmasdan, turinliklar safida o'zini ko'rsata olsa, “Yuve” keyinchalik uni butunlay sotib olishi mumkin.
Bundan tashqari futbolchiga PSJ va “Arsenal” ham qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi o'tgan mavsumda ham futbolchini tranfer qilishni istagandi. Ammo francuz futbolchisi bu haqda eshitishni ham istamagan, u o'zini “Barsa” safida ko'rsatishni xohlagandi.
“Arsenal”da Dembelening sobiq jamoadoshi Obameyang to'p suradi. Ushbu ikki futbolchi o'z vaqtida Dortmundning “Borussiya”si safida o'ynashgan va bu ham Usmonning aynan “Arsenal”ni tanlashiga sabab bo'lishi mumkin. SHuningdek, Dembele bir necha bor London unga yoqishini aytib o'tgan.
Demebelening PSJga o'tishi ko'proq parijliklarning ECHLdagi ishtirokiga bog'liq. Francuz klubi safida Usmonning yaqin do'sti Kilian Mbappe to'p tepadi. Qolaversa, futbolchining Franciyaga moslashishi ko'p vaqt talab etmaydi.
Takidlanishicha, “Barselona” ustozi Kike Seten Usmon Dembeleni o'z jamoasida saqlab qolish niyatida .
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar