So’nggi yangiliklar

00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  0 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  0 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  1 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  5 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  0 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  11 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  0 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  19 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  15 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0

Yurtimizga kuz kirib keldi, qalbimizda esa hamon yoz hukmron Yangiliklar

Yurtimizga kuz kirib keldi, qalbimizda esa hamon yoz hukmron

Bugun orzu qilgan cho'qqimiz sari navbatdagi qadamni tashlaymiz.

Bugun ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolayotgan orzuning ushalishi yo'lida navbatdagi yo'l sari dastlabki qadamlarni tashlaymiz. Va bu safargi qadamlarimiz dadil hamda avvalgilariga qaraganda ishonchliroq ko'rinmoqda. Ha, bilagidagi kuchi hammayoqni ag'dar-tuntar qilishga etgan vaqtda mundialda terma jamoamizni qo'llab-quvvatlashi sarobga aylangan bobolarimiz nosni kayfiday lazzat beradigan futbolni qirov tushgan soqollarini silagancha orzusidagi hodisalarga guvoh bo'lishiga bir qadam qoldi. Ushbu muhim yo'lda dastlab bir qaraganda na kuchli, na kuchsizligini fahmlab bo'ladigan SHimoliy Koreya kutib turibdi. Dunyoga faqatgina sovuq qurollari bilan maqtanishni qoyillatadigan mamlakatning yashil maydondagi "qurollari" haqida atroflicha malumotga ega emasman, biroq saralash bosqichi hamda o'rtoqlik uchrashuvlari orqali jamoa to'g'risida malum tasavvurga ega bo'lish mumkin. Xo'sh, hamyurtlarimiz dastlabki turda qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin?


Sirli jamoa

Yuqorida takidlaganimizdek, Koreyaning sovuq shamol ko'proq esadigan qismida joylashgan mamlakatni bolaligimizda sevib mutolaa qilgan ertaklarda uchraydigan hech kimning oyog'i etmas balandlikdagi qasrda istiqomat qiladigan shohning arzandasiga qiyoslash mumkin — uning na sohibjamol, na oddiy qiyofada ekanligini faqatgina faraz qilish mumkin. Bo'lajak raqiblarimizni o'ta sirli deb ham bo'lmaydi, ular bilan ko'p marotaba to'qnash kelganmiz va so'nggi saralash bosqichidagi o'yinlariga guvoh bo'ldik. Sirliligi shundaki, jamoa bir qaraganda turnir-purnirlarda ishtirok etmaydi, yana bir ko'z ochib-yumganda esa kuchli raqiblarga ham boshog'riq bo'la oladi. Yani so'nggi yaqin yillarda birorta rasmiy o'yin o'tkazmagan "SHarqiy Osiyo sambasi" ikkinchi saralash bosqichida Yaponiyaga minimal hisobda yutqazdi va "samuraylar" darvozasini o'yindan tashqari holatda bo'lsa-da, ishg'ol qildi. Qolaversa, Toshkentga kelishidan avval jamoa qitaning eng yirik turnirida finalga qadar etib borgan Iordaniya bilan bir marotaba durang o'ynab, yana bir o'yinda kichik hisobda yutqazdi. Bundan tashqari, hayoti sir-sinoatlarga to'la mamlakat vakillari maydonda Messi va Ronaldu singari fintlarni eplay olmasa ham, Jeki CHan uslubidagi futbolga xos bo'lmagan harakatlarni qoyillatishini milliy va yoshlar terma jamoalari misolida guvohi bo'lganmiz. SHu bois, hamyurtlarimiz salomatlik borasida ehtiyotkorlikni unutmasliklari darkor.

Murakkab bo'lgan dastlabki tur

Mundial sari so'nggi yo'lda ko'pincha ilk qadamlarimizdayoq oyoqdan chalinganmiz. Avvalgilariga nisbatan ertaroq dastro'mol silkitilgan 2022 yilgi mundial saralashining ilk turida Falastin kutilmagan va dahshatli sovg'a hadya qilgandi. 2016 yil Suriyaga qarshi ilk yurishda selfi qilish uchun zaxiradan maydonga tushgan Geynrix yagona gol muallifiga aylangan. 2012 yil Eronga qarshi alamli mag'lubiyatda Yuichi Nishimura bosh rol ijrochisiga aylangandi. Undan avvalgi saralashlarning birinchi turlarida ham "Abdullajon" filmidagi Rais otaning ahvoliga tushganmiz. Bu safar yo'limizdan chiqqan ilk to'siq ustidan ko'rdim demasdan sakrab o'tib ketishimizga ishonyapman.

Maydon holati

Insoniyat nomini aytishga ham til bormaydigan koronavirusga deyarli chora topa oldi, biroq "Bunyodkor" stadioni bunyod bo'lganidan buyon xastalikdan xalos bo'lmayapti va har bir saralash bosqichi oldidan shu masalada bosh qashlashga ko'nikib qoldik. Umid qilamanki, ertangi o'yinda to'pga qo'shilib maydon chimining parvoz qilayotganiga guvoh bo'lmaymiz. To'g'ri, bu yigitlarimiz uchun bahona bo'la olmaydi, biroq hal qiluvchi o'yinlarda har bir detal muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz lozim. O'ylaymanki, maydon ham futbolchilarimizni uyaltirib qo'ymaydi.


Xulosa qilib aytganda, bugungi bellashuvdagi muhim g'alaba nafaqat ashaddiy millionlar o'yini ishqibozlari, balki yozgi yumushlardan qutulgancha, poytaxtga o'qishga kelgan hamda ijaraga qo'yadigan xonadonlar narxini eshitib, yuz qiyofasi terma jamoamiz harakat qiladigan libos rangiga kirgan futbolsevar talabalarimiz ko'ngliga taskin baxshida etadi.

Tabiatni futbol hakami cho'ntagidagi qog'ozlar rangiga burkash uchun tashrif buyurgan kuz fasli bu safar ham qalbimizda yoz harorati singari yonib turgan orzularimizni xazonga aylantirmaydi degan umiddaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика