So’nggi yangiliklar

08:40"Насаф" Ўзбекистон МТЖ аъзосига қизиқиш билдирмоқда  0 08:06Sofascore. Кечаги учрашув қаҳрамонлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:40"Арсенал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  0 03:48Ислом Исмоилов: "Италия билан бир жойда яшаяпмиз. Саудия Арабистони билан ҳам шундай бўлганди"  7 03:03ЖЧ саралаши. Швейцария ва Грецияда ғалаба, Дания ўз уйида Беларусни мағлуб этолмади ва бошқа натижалар  0 02:03ЖЧ саралаши. Испания Грузияга жавобсиз 4 та гол урди, Туркия, Австрия ва Уэльсда ҳам ғалаба  0 01:17U-17 ЖЧ. Нимчорак финал ўйинлари вақти маълум бўлди  11 00:30Суперлига. "Динамо" – "Андижон" 2:0  0 00:25U-17 Жаҳон чемпионати. Хорватия - Ўзбекистон 1:1 (пенальтилар 3:4)  4 00:20Хорватия U-17 бош мураббийи: "Пенальти лоторея эмас. Ўсмирларни йиғлаб турган ҳолатда кўриш оғир"  13 23:42Ўртоқлик ўйинлари. Бразилия Сенегални, Чили эса Россияни мағлуб этди  0 22:57U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди  269 22:37"Барселона", "Бавария" ва "Манчестер Юнайтед" Влахович атрофидаги вазиятни кузатиб бормоқда  3 21:28ЖЧ саралаши. Қозоғистон ўз уйида Бельгия билан дуранг ўйнади  17 21:21Ўзбекистон МТЖ. Алижонов бугунги машғулотда иштирок этмади  5

Yurgen Klinsmann istefo beradimi? Murabbiyning o'zi javob berdi (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Yurgen Klinsmann istefo beradimi? Murabbiyning o'zi javob berdi (to'liq matbuot anjumani)

Osiyo kubogi birinchi yarim final o'yinida Iordaniyaga mag'lub bo'lgan Koreya Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Yurgen Klismanning o'yin haqidagi fikri qanday?

- Hafsalamiz pir bo'ldi. Finalga chiqishni o'ylayotgan edik. Iordaniya bugun finalda o'ynashga munosibligini ko'rsatdi. Raqib yakkakurashlarining hammasida bizni mag'lub qildi. Gol urilganda doim qaerdadir xato bo'ladi. Raqibni tabriklayman.

- Osiyo kubogi haqidagi umumiy taassurotlar haqida gapirsangiz. Bugungi mag'lubiyat uchun masuliyatni o'z bo'yningizga olasizmi?

- Mag'lubiyat uchun har doim murabbiy javobgar bo'ladi. Bugun barcha masuliyatni o'z zimmamga olaman. Osiyo kubogi ajoyib hislarni berdi. Avstraliya va Saudiya Arabistoni bilan o'yinda fantastik dramalar yuz berdi. Iordaniyaga qarshi bahsni ko'proq analiz qilishimiz kerak. CHunki biz bugun har taraflama yutqazdik.

- Bugungi natijadan keyin Koreya Respublikasidagi muxlislar sizning istefo berishingizni talab qilishmoqda. Istefo berishni rejalashtiryapsizmi yoki jamoada qolmoqchimisiz?

- Hech qaerga ketishni rejalashtirmayapman. Osiyo kubogidagi ishtirokimizni analiz qilib, Koreya Respublikasiga qaytamiz. U erda terma jamoa rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazib, bu musobaqada nima yaxshi va nima yomon bo'lganini aniqlab olishimiz. SHundan so'ng, barchasi malum bo'ladi. O'ylashimcha, terma jamoada yaxshi jihatlar etarlicha, biz rivojlanyapmiz. Oldinda Jahon chempionati saralash o'yinlari kutmoqda, u erda juda kuchli guruhdan joy olganmiz.

- O'yindan keyin Iordaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan ko'rishayotganingizda tabassum qildingiz. Koreyalik muxlislar va futbolchilar bu payt ko'zyosh to'kishayotgandi. Buni qanday tushunish mumkin?


- Bu murabbiy sifatida hurmat namunasi. Iordaniya termasi bugun bizdan ko'ra yaxshiroq o'ynadi. Men buni tan olgan holda kulib qo'ydim. Tabassum qilish men uchun normal holat hisoblanadi.

- Osiyo kubogining darajasini qanday baholaysiz? Bu erda har xil millat va madaniyatga ega millatlar kurash olib borishmoqda...

- Osiyo kubogidan rohatlandim. Ko'p narsa men uchun yangilik bo'ladi. Turli terma jamoalar futbol ichida haqiqiy kurash olib borishayotganini ko'rish ajoyib. Ayniqsa, Koreya Respublikasi ishtirokidagi o'yinlar haqiqiy dramaga aylandi. Musobaqa arab diyorida o'tkazilmoqda. Yaponiya va Koreya o'z uylariga qaytishmoqda. Qatar, Eron va Iordaniya musobaqani davom ettirmoqda. O'yinlar darajasi haqida uzoq gapirish mumkin.

- O'yin oxiridagi tabassumingiz haqida yana so'ramoqchi edim. Bu faoliyatingizdagi katta mag'lubiyatlardan biri bo'ldi. Balki, muxlislar sizning yuzingizda mag'lubiyatdan afsuslanish hissini ko'rishni istashgandir?

- Bilasizmi, Iordaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan xafaman, hafsalam pir bo'ldi. Biz yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Dastlabki, 20-30 daqiqada deyarli hech narsa qila olmadik. Biroq, haqiqat shuki, o'yin tugab bo'ldi. Mag'lub bo'lganimdan so'ng, raqib jamoa murabbiyini mard bo'lib tabriklab qo'ydim. Bor gap shu.

- Finalda Iordaniyaga qaysi raqib to'g'ri kelgani yaxshiroq. Bugun raqib tarkibidagi eng yaxshi o'yinchini kim bo'lganligini ayta olasizmi?

- Buni ertaga bilamiz. Oldindan hech narsa deya olmayman. Iordaniya bugun o'ziga bo'lgan ishonch yuqori ekanini namoyish qildi. O'yinchilarga kelsak, gol urgan ikki futbolchini alohida takidlagan bo'lardim.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика