So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  1 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  11 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Yoshlar sport majmuasi - sevimli maskan Yangiliklar

Yoshlar sport majmuasi - sevimli maskan

Yurtimizda jahon talablariga javob beradigan yana bir ko'rkam stadion barpo etilib, foydalanishga topshirilganligini avvalroq xabar qilgandik.
Muhtaram Prezidentimizning 2011 yil 19 yanvarda qabul qilingan 2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori ijrosi doirasida joylarda yangi stadionlar qurilishi davom etib kelmoqda. So'nggi yillarda oliy ligamiz vakillaridan Metallurg, Olmaliq jamoalari yangi qurib bitkazilgan stadionlarda uy uchrashuvlarini qabul qilmoqda. Bundan tashqari, Namangan va Jizzax viloyatlarida ham yangi o'yingohlar qurish ishlari olib borilmoqda va yaqin vaqtlar ichida ular ham futbolchilar ixtiyoriga topshiriladi. Yaqinda Qizilqum ham yangi stadionga ega bo'ldi.

Endilikda oltin izlovchilar ham o'zlarining zamonaviy stadionlarida to'p surishni boshlashdi. Mazkur o'yingohni o'quvchilarimiz etiboriga yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida stadion to'g'risida malumot to'pladik.
 
3 may kuni XXIII milliy chempionatimizning 7-turidan boshlab Qizilqum o'zining yangi stadionda uy uchrashuvlarini qabul qilishni boshladi. Yoshlik sport majmuasi nomi ostida foydalanishga topshirilgan ushbu o'yingoh Navoiy viloyati ko'rkiga yanada ko'rk berib turibdi. Yoshlik sport majmuasi nomi ostida bunyod etilgan o'yingoh bir qarashda avvalgi stadionlarda deyarli farqli tomonini uchratmaysiz. O'n ikki ming besh yuzta kishiga mo'jallangan ushbu o'yingohda futbolchilar, hakamlar, jurnalistlar, murabbiylar va ishqibozlar uchun ham barcha qulayliklar yaratilgan.

Bu erga kelganlar yaxshi hordiq chiqarib futbol ko'rishlari imkoniga ega bo'lishadi. Yoshlik sport inshootiga kirib kelishda ettita rangli favvora, yangi tashkil etilgan bog'dagi gullar, boshqa manzarli daraxtlar qad rostlagan. Qolaversa, binoning birinchi qavatiga kirib kelishda ikkita yo'laklar mavjud bo'lib, u erda ikkita 42x30 xajmidagi badiiy gimnastika zallari bor. Yo'lak bo'ylab to'g'ri yuradigan bo'lsangiz, hakamlar va futbolchilarga zamonaviy sharoitlarga ega bo'lgan xonalarga ko'zingiz tushadi. Binoning ikkinchi qavatida esa kassa, kadrlar bo'limlari uchun maxsus xonalar mavjudir. Uchinchi qavatda xurmatga loyiq mehmonlar Vip o'rindiqlar borligiga guvoh bo'lasiz. Bundan tashqari, mazkur qavatda mehmonlar uchun choy va turli ichimliklar beriladigan xonalar bor.

Oxirgi to'rtinchi qavatda esa o'yinni sharxlash, jurnalistlarni bemalol o'yinni yozib olishlari uchun maxsus xonalar, shuningdek elektron tabloni yuritish xonalari ham barcha sharoitlar bilan barpo qilingan. Sport majmuasi mamuriy bino va asosiy futbol stadionidan tashqari, engil atletika, regbi sport turlari uchun maydonchalarni ham o'z ichiga oladi. SHuningdek, futbolchilarni mashg'ulotlar o'tkazishi uchun qo'shimcha maydonchalar ham mavjudir. Bundan tashqari Avtomobillar uchun maxsus to'xtash joylari mavjudligini ham qo'shimcha qilish darkor.
 
Stadionning futbol maydoni to'liq tabiiy o'tdan iborat bo'lib, maysa borasida aytarli kamchiliklarni uchratmaysiz. Sifatli maydonlar bugungi kunda futbolimizning yana bir muammoasi bo'lib qolganligi bois, stadionni qurilishida bosh-qosh bo'lgan insonlar sifatli maysa o'stirish uchun Angliyaning Sport Master korxonasiga qarashli bo'lgan futbol chimi urug'laridan foydalanishdi. Ular ushbu korxona urug'inini hamkorlikda parvarish qilishgan holda ekishdi. Hozirda maysa sekin-asta o'zining holatiga kirib bormoqda. SHu boisdan bo'lsa kerak Qizilqumga qarshi o'yinga kelgan mehmon jamoa vakillari ham, mezbonlar ham maydon holatidan qoniqish hosil qilishayotganliklarini aytishmoqda. Qolaversa, futbolchilar o'zlari o'ylagan barcha ishlarni amalga oshirayotganliklarini aytib o'tishdi.

Navoiy viloyatida yoz kunlari havo harorati ancha issiq bo'lishi bois, ilgari oltin izlovchilar uy uchrashuvlarini ertaroq boshlashlariga to'g'ri kelardi. Boisi, avvalgi o'yingoh zamonaviy tarzda emasligi tufayli, futbolchilar qiyin sharoitda o'ynashardi. Hozirgi o'yingohda esa holat umuman o'zgacha. SHu sababli ham Qizilqum uy uchrashuvlarini kechki soat 19:00da boshlayotganligi ham bejiz emas. Stadion yoritish uskunalari FIFA talablariga mos keladi. Yuqori yoritish quvvatiga ega bo'lgan ushbu uskuna Janubiy Koreya firmasiga tegishli bo'lib, kechki mahalda bemalol futbol o'ynash uchun qulaylik yaratib beradi.  SHuni qo'shimcha qilish kerakki, Yoshlik sport majmuasida mamlakatimizda sekin-asta rivojlanayotgan regbi sport turi bo'yicha ham musobaqalar o'tkazilishi mumkin. Regbi bo'yicha milliy chempionatimiz uchrashuvlari mazkur stadionda bo'lishi ham mumkin. Yangi arenadagi dastlabki uchrashuvda Yuriy Lukin shogirdlari ko'plab muxlislari qarshisida Dinamo qarshilikini engishni uddasidan chiqishdi. Endilikda ular o'z maydonlarida har qanday raqibga yaxshigina boshog'riq bo'lishlarini taxmin qilish mumkin. SHuningdek, yurtimizda shunday ko'rkam o'yingohlar soni ko'payib borishi, muxlislarni tashrifini yanada oshiradi deyish mumkin.
 
O'yingoh to'g'risida yanada yaxshiroq malumot olish istagida sport majmuasi direktori lavozimida ishlayotgan Sobir Haydarovni fikrlarini yozib olishga harakat qildik.
 
- Sobir aka, stadion qurilishiga ketadigan sarf-harajatlar kimning yordami bilan amalga oshirildi?
- Asosan stadion qurilishida viloyat bolalar sporti jamg'armasi tarafidan berilgan mablag'lar asosida qurildi. Aynan ular umumiy miqdordagi harajatlarimizning 80 foizini qoplashdi. Qolaversa, bir qator homiy tashkilotlar ham o'z yordamlarini ayamasdan ko'maklashganligi tufayli stadionni qurib olishda muammoga duch kelmadik.
 
- Agar sir bo'lmasa, stadion qurilishida qancha mablag' ajratildi?
- Barcha harajatlarimiz smetasi 27 milliard so'mni tashkil qildi. Aynan shuncha mablag' evaziga barcha qurilish ishlarini tugatib oldik.
 
- Yaqin kelajakda stadion yon atrofida yana qo'shimcha musobaqalarni o'tkazish uchun maydonchalar barpo qilish niyatidamisizlar?

- Ha, albatta shu maqsadimiz mavjud. Xudo hohlasa, yaqin yillar ichida boshqa sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirmoqchimiz. Yani, tennis, basketbol, voleybol, suzish maydonchalarini ham qurishni o'z rejamizga kiritib qo'yganmiz.  

Izzatbek ABDUVAHOBOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика