So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

Yaponiya bilan o'yinda Tojikistonga nima yordam berishi mumkin yoxud Usmon Toshev nimaga ishonmoqda? Murabbiy bilan intervyu Yangiliklar

Yaponiya bilan o'yinda Tojikistonga nima yordam berishi mumkin yoxud Usmon Toshev nimaga ishonmoqda? Murabbiy bilan intervyu

Xabaringiz bor, mart oyida Osiyo qitasi terma jamoalari JCH-2022 saralash bosqichida navbatdagi uchrashuvlarini o'tkazishdi.

Yaponiya bilan o'yinda Tojikistonga nima yordam berishi mumkin yoxud Usmon Toshev nimaga ishonmoqda? Murabbiy bilan intervyu


Xabaringiz bor, mart oyida Osiyo qitasi terma jamoalari JCH-2022 saralash bosqichida navbatdagi uchrashuvlarini o'tkazishdi. Qo'shnilarimiz bo'lmish Tojikiston terma jamoasi saralashning 7-turida Mo'g'ulistonga qarshi maydonga chiqdi va 3:0 hisobidagi muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Mazkur g'alabadan keyin Tojikiston ochkolari sonini 10 taga etkazib, “F” guruhida 2-o'rinni egallab turibdi. Eng yaxshi ikkinchi o'rinni egallagan to'rt jamoa orasida esa uchinchi pog'onada.  Buyog'iga tojiklarning ikkita o'yini qoldi. Aytish mumkinki, har ikkala bahs ham og'ir kechadi. Yaponiya - guruh favoriti, bunga shubha yo'q. Lekin Myanma birinchi davrada Tojikistonni 4:3 hisobida mag'lub etgandi. Biz ushbu mavzu yuzasidan Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshevga yuzlandik.

- Usmon Qudratovich Mo'g'uliston bilan o'yinda Tojikiston yanada ko'proq gol urishi mumkin edi. SHunday ekan mazkur uchrashuvga tayyorlagan rejalaringiz qay darajada ish berdi, deb o'ylaysiz?

- Reja bo'yicha ishladik. O'ylaymanki, hammasi ko'ngildagidek bo'ldi. Ushbu uchrashuvga qadar Mo'g'ulistonning mashg'ulotlarini va o'yinlarini ko'rib, o'zim uchun tahlil qilib kelgan edim. SHu asosida yigitlar bilan tayyorgarlik ko'rdik. Xudoga shukur g'alaba qozondik. Lekin amalga oshmay qolgan rejalarimiz ham bo'ldi. Deylik ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Buning natijasida to'plar nisbatimizni yanada yaxshilib olish imkoni bo'lardi. Futbolchilarning ruhiyati jangovar holatda edi, mensimaslik holati ko'zga tashlangani yo'q. Bunday o'yinlarda ruhiy tayyorgarlik asosiy o'ringa chiqadi. 

-  So'nggi o'yinlardan so'ng Tojikiston terma jamoasi eng yaxshi ikkinchi o'rinni egallagan to'rt terma jamoa orasida uchinchi bo'lib turibdi. Oldinda yana o'yinlar bor, shunday ekan Tojikiston terma jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini qanday baholay olasiz?

- Hozirda vaziyat shundayki, barcha terma jamoalarda imkoniyat saqlanib qolingan. Oxirigacha kurashishimiz va o'ynashimiz kerak. Ikkinchi o'rin bilan eng yaxshi to'rt jamoa saralanayotganda hattoki bitta gol ham muhim rol o'ynaydi. Nazariy jihatdan imkoniyatimiz bor. Lekin futbolda ko'ryapsiz kundan kunga vaziyat o'zgarmoqda. Buni ham inobatga olish darkor.

- Tojikiston navbatdagi ikki uchrashuvni Yaponiya va Myanmaga qarshi o'tkazadi. Bu o'yinlar oldidan sizni o'ylantirayotgan va havotirga solayotgan jihat nima?  Yaponiya favorit, Myanma birinchi o'yinda 4-3 hisobida g'alaba qozongandi...

- Qolgan ikki bahs qiyin emas qiziqarli kechishi shubhasiz. CHunki men uchun qiyin o'yin bo'lmaydi. Men qanday futbolchilar bilan ishlayotganimni bilaman. Agarda kim o'z ishini sevsa, astoydil harakat qilsa hech qachon qiyinchilik bo'lmaydi. Yaponiya terma jamoasida ustunlik bor, buni inkor qilmayman. Hech qisi yo'q. Agar biz Jahon chempionatiga chiqishni istasak, natijalar yaxshi bo'lishini xohlasak Yaponiya singari top jamoalar bilan o'ynashni bilishimiz va yutishimiz kerak. Munosib tayyorgarlik ko'ramiz. Mana shu ikki uchrashuv bizning qay darajada tayyor ekanligimizni ko'rsatib beradi. Myanma bilan birinchi o'yinda g'alabani erta nishonlab yuborgandik. Buning oqibatida jazolanganmiz. Umuman olganda barcha bilan o'ynasa bo'ladi. Hozirda hamma futbolni qanday o'ynashni tushunib olgan. Faqatgina mahorat va o'yinga diqqatni jamlashga ko'p narsa bog'liq. 

- Yaponiyadan nimaning hisobiga ochko tortib olish mumkin ? Ularga qarshi qo'shimcha taktika yoki yashirin qurolingiz bormi?

- Yaponiya bilan o'yinda bizga taktika yordam berishi mumkin. Ularning qanday o'ynashini bilamiz. Aytganimdek biz taktikaga tayanamiz. Birinchidan aniq vazifamiz bo'lishi kerak. Ikkinchidan futbolchilardagi chidamlilik. Qancha vaqtgacha kuchimiz etadi va uni 90 daqiqaga qanday taqsimlashimiz lozim. Yaponiya butun o'yin davomida xatolarimizni poylaydi va yarimta vaziyatdan ham gol urib ketishi mumkin. SHuning uchun maydonda raqibga qarshi faqat oddiy himoyalanishimiz emas, gol ham urishimiz kerak. SHunchaki kam gol o'tkazish ilinjida o'ynamaymiz. G'alaba qozonsa bo'ladi, nima uchun yutmasligimiz kerak? Yuqorida takidlaganimdek taktika, futbolchilarning chidamliligi va kuchini to'g'ri taqsimlasak niyatimizga erishamiz.

- O'zbekiston chempionatida o'ynayotgan Exsoni Panshanbe, Davronjon Ergashevning harakatlarini kuzatib boryapsizmi?

- Ular asosiy futbolchilarimiz hisoblanadi. Davronning o'yin uslubi boshqacha. Himoyada etakchilikni qo'liga oladi, yoshlarga o'rnak bo'ladigan futbolchi. Exson esa ijodkor futbolchi. Yarim himoya va hujumda katta hajmdagi ishni bajaradi. Ularning harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqdaman. Bo'lajak uchrashuvlarda bizga kerak bo'lishadi.

- So'nggi malumotlarga ko'ra Tojikiston chempionatida jami 16 nafar o'zbekistonlik futbolchi to'p tepmoqda. Ushbu holatga munosabat bildirsangiz? 

- Bu juda yaxshi holat. Tojikiston va O'zbekiston azaldan do'st bo'lib kelgan. Hozir ham bu erda ko'rsangiz har bir oilada samarqandlik yoki buxorolik o'zbeklarni ucharatasiz. Futbolchi uchun ham bu qaysidir tomondan yaxshi. Boisi oilasida uzoqda bo'ladi, bir o'zi fikrlashi, boshqa muhitda o'zini sinab ko'radi. Menimcha buning yomon joyi yo'q.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика