Rasman: Vitaliy Levchenko - "Istiklol" bosh murabbiyi
03 fev 18:40
Yangiliklar
Rasman: Vitaliy Levchenko - "Istiklol" bosh murabbiyi
Dushanbe klubi Vitaliy Levchenko jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganini malum qildi.
"Vitaliy Levchenko avval ham "Istiklol" FKni boshqargan va klub bilan ham ichki, ham xalqaro maydonda salmoqli yutuqlarga erishgan.
Uning qo'l ostida jamoa Tojikiston chempioniga aylangan va mamlakatni OFK Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli namoyon etgan, jumladan, turnirning guruh bosqichida ham ishtirok etgan.
Levchenko so'nggi uch mavsumda Farg'onaning "Neftchi" klubida ishlagan va 2025 yilgi mavsumda jamoani O'zbekiston chempioniga aylantirgan.
Vitaliy Grigorevich bilan tuzilgan shartnoma 2026 yil mavsumi yakunigacha amal qiladi", – deyiladi xabarda.


Uning yangi jamoasi allaqachon malum bo'lib ulgurgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Уни рохати шунда шекили