Yangi yil sabab Kavani va Pastore jazolanishadi
05 jan 2018 23:00
Yangiliklar
Yangi yil sabab Kavani va Pastore jazolanishadi
“PSJ” hujumchisi Edinson Kavani va yarim himoyachi Xaver Pastore Yangi yil bayramidan keyin belgilangan vaqtda klub ixtiyoriga qaytib kelmaganliklari uchun jarimaga tortilishadi.
RMC internet portalining xabariga ko'ra, futbochlilar 3 yanvar kuni klub qarorgohida bo'lishlari lozim edi. Ammo ular belgilangan vaqtda “PSJ” qarorgohida bo'lishmagan va klub sport direktori Antero Enrikega SMS-xabar jo'natishib, shaxsiy ishlari tufayli mashg'ulotga kechikib borishlarini malum qilishgan. Ammo parijliklar rahbariyatini futbolchilarning bahonasini inobatga olmadi. Endi har ikkala futbolchi jarimaga tortilishi kutilmoqda.
Fikrlar