Luidji Di Biyadjo: "Raqib g'alabaga loyiq o'yin namoyish qildi"
23 iyu 08:15
Yangiliklar
Luidji Di Biyadjo: "Raqib g'alabaga loyiq o'yin namoyish qildi"
Saudiya Arabistoni Olimpiya terma jamoasi ustozi Luidji Di Biyadjo O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qiyin o'yin bo'ldi. O'zbekiston chempionatining yarmi o'tib bo'ldi, Saudiyada esa hali mavsum boshlangani yo'q va ko'p futbolchilarimiz hali mavsumga tayyor emas. Bugungi uchrashuv biz uchun yaxshi test bo'ldi. Yangi futbolchilar terma jamoada ilk daqiqalarga ega bo'lishdi. Ularning maydondagi harakatlari va ishtiyoqi meni xursand qildi, ochig'i.
Biz o'yinni yaxshi boshlay olmadik va ikkita gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda esa ko'proq gollar urishimiz mumkin edi. Raqib bugun g'alabaga loyiq o'yin namoyish etdi" - deya fikr bildirdi italiyalik mutaxassis.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar