PSJ bosh murabbiyiga “Real“ futbolchisi kerak
21 iyu 11:05
Yangiliklar
PSJ bosh murabbiyiga “Real“ futbolchisi kerak
Franciyaning PSJ klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Real“ yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani sotib olmoqchi.
Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis franciyalik futbolchi PSJ yarim himoyasini kuchaytirib, jamoaga barqaror o'yin ko'rsatishiga imkon beradi, deb hisoblamoqda. Shu bilan birga “Real“ franciyalik futbolchini sotishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Kamavinga Madrid klubida 2021 yildan buyon to'p surmoqda. Futbolchining “Real“ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. O'tgan mavsumda franciyalik yarim himoyachi barcha turnirlarda 35 ta o'yinda ishtirok etib, 2 tadan gol va golli uzatma amalga oshirgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar