Yangi Xavi. Artur LaLiganing 6 yillik rekordini takrorladi
08 okt 2018 12:26
Yangiliklar
Yangi Xavi. Artur LaLiganing 6 yillik rekordini takrorladi
"Barselona" yarim himoyachisi Artur Ramos "Valensiya"ga qarshi bahsda (1:1) LaLiga rekordini o'rnatdi.
Futbolchi "ko'rshapalaklar"ga qarshi bahsda 142ta pas bergan. Ularning 135tasi (95%) o'z manziliga etib borgan.
LaLiganing bitta uchrashuvida 142ta pas bergan so'nggi futbolchi "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi bo'lgan. U 2012 yilda "Levante"ga qarshi mehmondagi uchrashuvda ushbu natijaga erishgan.
Oldinroq, Artur uni yangi Xavi deb atashlaridan xursandligini bildirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar