"Bavariya" "Real"ga qarshi ehtimoliy to'qnashuv oldidan "Bernabeu"ning tomidan "cho'chimoqda"
18 mar 00:23
Yangiliklar
"Bavariya" "Real"ga qarshi ehtimoliy to'qnashuv oldidan "Bernabeu"ning tomidan "cho'chimoqda"
Bu haqda Bayern Space’ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi xabar berdi.
Turnirning 1/8 final bosqichidagi dastlabki o'yinlarida myunxenliklar «Atalanta»ni (6:1), «qaymoqranglilar» esa «Manchester Siti»ni (3:0) mag'lubiyatga uchratgan edi. Turnir to'riga ko'ra, Germaniya va Ispaniya jamoalari 1/4 finalda o'zaro to'qnash kelishi mumkin. Manba malumotlariga ko'ra, «Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drezen UEFA «Bavariya»ga qarshi bo'ladigan ehtimoliy o'yin vaqtida Madrid klubidan «Santyago Bernabeu» stadionining tomini yopmaslikni talab qilishiga erishmoqchi. Gap shundaki, "Real" muxlislari yopiq tom ostida "Bavariya" futbolchilariga juda katta bosim berishadi.
Drezen buni "qaymoqranglilar"ning uy stadionidagi muhit Myunxen jamoasi futbolchilariga haddan tashqari kuchli tasir ko'rsatishi va o'yin natijasiga o'z hissasini qo'shishi mumkinligi bilan izohlamoqda. Taxminlarga ko'ra, Drezen bunday poziciyani «Bavariya»ning 2023/2024 yilgi mavsumda ECHL yarim finalida «Real»dan mag'lubiyatga uchragani sababli egallagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar