So’nggi yangiliklar

11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  0 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  0 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   2 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  7 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  9 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  6 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  20 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  2 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0

Fantastik to'rtlik Yangiliklar

Fantastik to'rtlik

Evropada ishsiz yurgan yaqin o'tmishning yorqin yulduzlari haqida gaplashamiz.

Chempionlar Ligasi tarixiy finalida gol urgan futbolchi, Evro-2020 yulduzi va «Arsenal»ning unutilgan iqtidori.

Qishki transfer oynasi ham ortda qoldi va qator kelishuvlar amalga oshirildi. Kimlardir klubida qoldi, boshqalar o'ziga yangi jamoa topdi. Biroq erkin agent sifatida qolib ketgan yaqin o'tmishning yorqin yulduzlari ham borligi kishi etiborini tortadi.


Jessi Lingard

«Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi oxirgi ikki mavsumni Koreya chempionatida o'tkazdi. «Seul» safida to'p tepgan futbolchi «vaqtincha ishsiz» maqomida yuribdi. Janubiy Koreyadagi davrda Angliya milliy jamoasi sobiq futbolchisi 67 o'yinda 19 ta gol urdi, lekin kutilmaganda dekabr oyida tomonlar hamkorlikni to'xtatishga qaror qilishdi. Lingard xizmatlariga qiziqayotgan aniq klublar haqida malumot yo'q, lekin uning Osiyodagi yomon bo'lmagan statistikasidan kelib chiqsa, Jessi hali faoliyatini Evropada davom ettirib ko'rishga urinadi.

Futbolchining APLdagi oxirgi jamoasi «Nottingem Forest» edi. U «qizil iblislar» safidan ketib, erkin agent sifatida yangi jamoasiga o'tgan edi. 2022/2023-yilgi mavsumda Jessi APLning bor yo'g'i 17 o'yinida maydonga tushdi. Natijada, yangi qitani zabt etish safariga otlandi.


Serxio Ramos

«Real»ning afsonaviy himoyachisi maydon tashqarisida ham ancha faol. U qadrdon klubi «Sevilya»ni sotib olish bo'yicha ishlarni amalga oshiryapti. Shunday bo'lsa-da, bu 39 yoshli himoyachi faoliyatini yakunladi degani emas. Bazi malumotlarga ko'ra, Serxio bo'lajak mundialda ham o'ynashni niyat qilgan.

Meksikaning «Monterrey» klubi bilan shartnomasi yakunlangan Ramos Evropaga qaytishni niyat qilgan. «Marca» nashrining xabariga ko'ra, ispaniyalik «Sevilya» safida tekinga o'ynashga tayyor bo'lgan. Biroq La Liga reglamentiga muvofiq bir vaqtning o'zida unda ishtirok etish va klublardan birining akcioneri bo'lish taqiqlanadi. 

Ramosda «Marsel» varianti borligi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Ammo «Goal» nashri xabariga ko'ra, himoyachi transferini jamoaning endilikda sobiq ustozi Roberto De Zerbi unchalik ham istamagan.


Divok Origi

Faoliyati davomida bir qator g'alaba gollarini urgan hujumchi endigina 30 yoshda, lekin anchadan buyon u haqda malumotlar uchramay qo'ygandek. «Liverpul» chempionga aylangan Chempionlar Ligasi-2018/19 mavsumi finalida «Tottenxem» darvozasiga urilgan ikkinchi golga ham aynan Divok mualliflik qilgan. Yana ko'pchilik uni o'sha tarixiy kambekda urgan goli, burchakdan uzatma va jarima maydonchasida etiborsiz qoldirilgan Origi to'pni darvozaga to'g'rilab yuborib, stadionni «portlatgani» bilan eslab qolgan. O'ziga xos karera va gollar...

Origi hech qachon mersisaydliklar asosiy forvardi bo'lmagan, ammo zaxiradan maydonga tushib, muhim gollarni urgan. Shunga qaramay, 2022 yilda uning faoliyatida yangi sahifa ochildi – «Milan»ga transfer. Lekin Italiyadagi bir mavsumda u bor yo'g'i 2 ta gol urdi; «Nottingem Forest»ga ijara ham forvardni «uyqonishiga» sabab bo'la olmadi. 2023/2024-yilgi mavsumda APLda 6 o'yin va 0 ta gol.

2024/25-yilgi mavsum oldidan Origi D Seriya vakili bo'lgan «Milan» o'rinbosarlarida ro'yxatdan o'tkazildi, lekin u erda ham o'ynamadi va individual dastur bo'yicha shug'ullanib yurdi. Natijada, o'tgan yil dekabr oyida «rossoneri» yomon bo'lmagan maosh olayotgan Divok bilan shartnomani muddatidan oldin to'xtatishga qaror qilishdi. Bir yarim yilni amalda maydondan tashqarida o'tkazib yuborgan belgiyalikning keyingi makoni qaer bo'lishi hozircha nomalum. Kim biladi deysiz, balki yaqin kelajakda uni Rossiya chempionati, AQSH yoki arab mamlakatlaridan birida ko'rarmiz. 


Aaron Remci

Agarda Garet Beyl bo'lmaganida Giggzdan keyingi avlodning shubhasiz eng yorqin yulduzi bo'ladigan Aaron Remsi ham Ramos singari 2025 yil o'zini Meksikada sinab ko'rishga qaror qildi. O'zi tarbiya topgan «Kardiff»ga 2023/2023 va 2024/2025-yilgi mavsumlarda qaytish «Arsenal» sobiq yulduzlaridan biri uchun unchalik omadli chiqmadi. Barchasiga ketma-ket jarohatlar sababchi bo'ldi, misol uchun «Pumas»dagi ilk davrni tizzaosti mushaklari hali to'liq tiklanib ulgurmagani sababli maydondan tashqarida o'tkazdi.

Remsi uchun yana bir og'ir zarba bu sevimli kuchuginining yo'qolishi bo'ldi: ijtimoiy tarmoqda bo'lgan voqeani yozib qoldirish ham, vada qilingan mukofot puli ham yordam bermadi

Natijada kuz fasliga kelib Aaron «Pumas» bilan shartnomasini bekor qildi va Buyuk Britaniyaga qaytdi. Umumiy hisobda u Meksikada 6 ta o'yin o'tkazdi. 

35 yoshli yarimhimoyachi faoliyatini yakunlagani haqida hozircha elon qilgani yo'q, shuningdek, unga qaysidir klub qiziqish bildirayotgani haqida malumot ham uchramayapti.

Reyting: -4   

Fikrlar

   
27 fev 17:53:10
Akbar Umarov
O'zbekistonga olib kelinglar foydalari anchayin tegardida
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика