Xose Venansio Lopes Braziliyadan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
07 sen 08:26
Yangiliklar
Xose Venansio Lopes Braziliyadan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes O'zbekiston - Braziliya (2:9) uchrashuvidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
"Qiziqarli o'yin bo'ldi. Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bahs olib bordik. Afsuski, himoyadagi xatolarimiz qimmatga tushdi. Mag'lubiyatning asosiy sababi shu bo'ldi deb o'ylayman. Hozirgi vaqtda jarohatlangan futbolchilar emas, hozirgi tarkibimiz haqida ko'proq qayg'urishimiz kerak. Bizni Jahon chempionati kutib turibdi. Bugungi uchrashuvda 4ta golni himoyadagi xatolar tufayli o'tkazib yubordik. Biroz tartibliroq bo'la olganimizda, 4ta golni o'tkazib yubormasdik. Braziliyaga qarshi o'ynash oson vazifa emas, ammo o'zimiz ham yaxshi olmadik" - dedi terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes
Fikrlar