So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  2 18:41Жаҳон футболи афсоналари келадиган футзал бўйича Ўзбекистон Суперкубоги учун чипталар бепул берилади  0 18:20ФИФА кунларида Ўзбекистон терма жамоаси қайси терма билан ўйнаши мумкин? Алишер Никимбаев версияси  5 18:03Суперлига. "Пахтакор" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  7 17:44Футзал бўйича Олий лига баҳсларига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  0 17:23Игорь Шквирин билан Суперлига таҳлили — "Бунёдкор” замонавий, “Насаф” барқарор ўйин кўрсатмоқда. Чемпионатда яққол фаворит йўқ  5 17:05Ўзбекистон ва Россия афсоналари учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:49Суперлига. 19-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", ОКМК, "Андижон" ва "Хоразм"да йўқотишлар бор  0 16:24"Ньюкасл" А Сериядан Исакка ўринбосар топди  1 15:55"Ньюкасл" Исакни жаримага тортади  0 15:32"Футбол олами". "Нефтчи" - "Насаф"ни мағлуб этди, водий дербисида "Андижон" "Навбаҳор"га ютқазди  1 15:29"Динамо" дарвозасига белгиланмаган пенальти, "Сурхон"нинг ҳисобга олинмаган голи. Суперлиганинг 18-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5 15:08Франк Рибери, Роберто Карлос, Каннаварро, Матерацци ва бошқалар Ўзбекистонга келмоқда   10 15:05Каземиро "Манчестер Юнайтед" янги мавсумда АПЛ чемпионига айланади деб ҳисобламоқда  14 14:43Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧда қайси бренд либосларидан фойдаланиши маълум  48

Xorxe Fossati: "Suriya O'zbekiston uchrashuvidagi natija men uchun syurpriz bo'lmadi" Yangiliklar

Xorxe Fossati: "Suriya O'zbekiston uchrashuvidagi natija men uchun syurpriz bo'lmadi"

O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida qatarliklar ustozi Xorxe Fossati o'z fikrlarini bildirdi.
"Bizning guruh haqida gap ketganda har bir o'yin biz uchun juda ham murakkab bo'ladi. Buni barcha tushunib turibdi. Oldindan shunday edi, bu guruhda oson yoki osonroq o'yin yo'q edi. O'zbekiston terma jamoasi kuchli, ammo biz bu erga faqat g'alaba uchun kelganmiz" , - deydi  Fossatti.

- Qatar Toshkentda O'zbekistonga faqat mag'lub bo'lgan. Bunga qanday qaraysiz?
- Oldingi o'yinlar tarixda qoldi va statistikaga aylandi. Har bir keyingi o'yin siz uchun yangi tarix yaratish imkonyatidir.

- O'zbekistonning kuchli va kuchsiz tomonlarini ayta olasizmi?

- O'zbekiston terma jamoasi shakllangan jamoa. Ularda o'yinni tashkil etish bo'yicha aniq reja bor. O'zbekiston har bir bahsga alohida chora tadbir bilan tushadi.

- Suriya - O'zbekiston uchrashuvini ko'rgan bo'lsangiz kerak. O'sha o'yinda Suriyaning g'alabasi sizga syurpriz bo'ldimi yoki O'zbekistoning mag'lubiyatimi?
- Yo'q syurpriz bo'lgani yo'q. Har qanday natijani oddiy holat deb qabul qilaman. Agar kimdir yirik g'alabaga erishsa hayron qolishim mumkin. Ammo bir ikki to'p farqlarini oddiy qabul qilaman.

- Keyrush boshchiligidagi Eron bilan har bir jamoa qiynalmoqda. Ikki og'iz so'z bilan uning jamoasi o'yinini tariflab bera olasizmi?

- Eron terma jamoasi himoyada juda ham tartibli o'ynaydi. Oltita o'yinda Eron bor yo'g'i 5ta gol urgan, lekin umuman gol o'tkazmagan. Eron himoyada tartibli o'ynab guruhda birinchi o'rinda turibdi.

- Oldingi o'yinlarda Geynrix va Ahmedov kabi futbolchilar Qatar darvozasiga gollar urishgan. Bunga qanday qaraysiz? Ulardan xavf kutayapsizmi?

- Yana qaytaraman, O'zbekiston terma jamoasi o'yinini hurmat qilaman. Jiddiy raqib. Himoyada ham, hujumda ham tajribali va kuchli futbolchilar yig'ilgan. Lekin ular ham bizning hujumchilardan ehtiyot bo'lishlari kerak deb o'ylayman.

- Qatarda o'ynayotgan Sardor Rashidov va Temurxo'ja Abduxoliqov ertaga maydonga tushsa sizlarga qiyin bo'ladimi yoki aksincha?

- Bu futbolchilar O'zbekiston uchun foyda bo'lishi mumkin. Ammo Qatar terma jamoasi safida ham kuchli futbolchilar bor. Biz ertaga 2 futbolchiga qarshi o'ynamaymiz.

- Terma jamoada ko'p ishlagan murabbiy sifatida o'rtacha yoshi haqida fikringizni bilmoqchiman. Bazi hamkasblaringiz yoshlarni chiqarishdan qo'rqib qari futbolchilarni chaqiraverishlariga qanday qaraysiz?

- Masalan Qatar ligasida yosh futbolchi menga yoqib qoldi, uni terma jamoaga chaqirish uchun pasportiga qaramayman. U 23 yosh bo'ladimi yoki katta yoshli futbolchimi uni terma jamoaga chaqiraman. Bizning asosiy tarkibimizda 20 yoshli futbolchilar bor. Ular jamoaning kelajagi, ammo bugungi kundagi natijasi uchun yoshi katta futbolchilarni ham tushiraman. Sen murabbiylik qilayotgan mamlakat tarixi va futbolining tarixiga ham bog'liq bo'ladi. Urugvayda 23 yoshli futbolchi yosh emas.

- Nega siz bilan birga futbolchi kelmadi?

- Biz matbuot anjumanini rasmiy mashg'luotdan oldin qilish borasida kelisha olmadik. SHu bois faqat men kela oldim. Odatda matbuot anjumani mashg'ulotdan oldin bo'ladi. Ertalab mening futbolchilar bilan majlisim bor edi, ammo sizlarni hurmat qilaman shu bois keldim. Futbolchini esa olib kela olmadik.

 
Narzulla Saydullaev
Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика