So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  0 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  7 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Frank Riberi, Roberto Karlos, Kannavarro, Materacci va boshqalar O'zbekistonga kelmoqda Yangiliklar

Frank Riberi, Roberto Karlos, Kannavarro, Materacci va boshqalar O'zbekistonga kelmoqda

Teglar :  futzal
Joriy yilning 26-27 avgust kunlari mamlakatimiz sporti tarixida yana bir unutilmas sahifa ochiladi. Yurtimizga dunyoning eng mashhur futbol yulduzlari tashrif buyurmoqda.

Futbol afsonalari O'zbekistonga kelmoqda!

Jumladan:
Dida — 
Jahon chempioni, "Milan" tarkibida UEFA Chempionlari Ligasining ikki karra g'olibi.
Roberto Karlos — kuchli zarbalari bilan nom qozongan, dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri, Jahon chempioni, UEFA Chempionlari Ligasining uch karra g'olibi.
Fabio Kannavaro — Jahon chempioni, "Oltin to'p" sohibi, 2006-yilda jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan yagona himoyachi.
Marko Materacci — Jahon chempioni, UEFA chempionlari ligasi g'olibi.
Maykon — "Inter"ning eng yaxshi himoyachilaridan biri, UEFA Chempionlari Ligasi g'olibi.
Kristian Zakkardo — 2006 yilgi jahon chempioni, italiyalik himoyachi.
Klarens Zeedorf — "Milan" afsonasi, Chempionlari ligasini uch xil klub bilan yutgan yagona futbolchi.
Serjino — "Milan"ning chap qanot himoyachisi, sermahsul paslari bilan tanilgan.
Frank Riberi — "Bavariya" klubining afsonaviy yarim himoyachisi, UEFA Chempionlari Ligasi g'olibi.
Kevin Kurani — Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi, "Shalke-04" klubi afsonasi.




Mazkur yulduzlar 26 avgust kuni “Humo Arena” sport majmuasida BMB hamda "Oil Star" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi-2025 uchrashuviga  tashrif buyurishi va muxlislar bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

27 avgust sanasida esa bir qator uchrashuvlar o'tkazilishi dasturga kiritilgan. Shuningdek, O'zbekiston hamda Jahon futboli afsonalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi belgilangan. O'yinning boshlanish vaqti hamda manzili haqida qo'shimcha malumot beramiz.

Futbol afsonalari bilan unutilmas onlarning  bir qismiga aylanish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Tadbir tashkilotchilari — O'zbekiston Futzal Federaciyasi, O'zbekiston Futbol Associaciyasi
Bosh homiy — BMB HOLDING
Titul homiy — "O'zsanoatqurilishbank" ATB
Rasmiy homiy — BMB ZA'FARON
Sug'urta hamkori — SQB INSURANCE
Tadbir hamkorlari — O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика