So’nggi yangiliklar

20:37Суперлига. "Андижон" - "Пахтакор" 1:3 (матнли трансляция)  127 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  9 20:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  1 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  1 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  8 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

Xorazmda “CHarm to'p” turnirining jamoalari saralanmoqda Yangiliklar

Xorazmda “CHarm to'p” turnirining jamoalari saralanmoqda

Teglar :  CHarm to'pXorazm
Joylarda O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, O'FA va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida mahallalarning 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan havaskor futbolchilardan iborat jamoalar o'rtasida o'tkazilayotgan “CHarm to'p-2019” ananaviy respublika turnirining shahar va tumanlar bosqichlari o'tkazilayotir.

Xususan, Xorazm viloyatida turnirning ikkinchi bosqichi bayramona tarzda uyushtirilmoqda. Bu “millionlar o'yini” ixlosmandlarida nafaqat futbol uchrashuvi, buning barobarida, o'ziga xos sport bayrami sifatida ham katta tassurotlar qoldiryapti. Binobarin, har bir uchrashuv oldidan tashkil etilayotgan yosh sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari, sanatkorlarning keng qamrovli koncert dasturi tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashayotir.

Xonqa tumani bosqichining hal qiluvchi uchrashuvi Sarapoyon qishlog'ida bo'lib o'tdi. Unda “Gulg'uncha” va “Do'rman” mahallalarining jamoalari o'zaro bahs yuritishdi. Ishqibozlarga ko'plab hayojonli daqiqalarni ulashgan mazkur bellashuvda “Gulg'uncha” jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozonib, viloyat bosqichi ishtirokchisiga aylandi.

Yangiariq tumani bosqichining hal qiluvchi uchrashuvi Bolalar-o'smirlar sport maktabining stadionida o'tkazildi. Final uchrashuvida “Qarmish” va “Yangiariq” mahallalarining jamoalari maydonga tushishdi. Ushbu uchrashuvning asosiy vaqtida durang natija qayd qilindi. Natijada, qo'shimcha bo'limlar ajratishga to'g'ri keldi. O'yinning mazkur qismida xujumkor o'yin namoyish qilgan “Yangiariq”liklar muhim g'alabani qo'lga kiritishdi, 4:3. Ushbu yutuq tuman markazi futbolchilariga “CHarm to'p” musobaqasining viloyat bosqichida qatnashish huquqini berdi.

Hozirda vohaning boshqa hududlarida ham “CHarm to'p” turnirining ikkinchi bosqichi g'oliblari aniqlanmoqda. Musobaqaning Xorazm viloyati bosqichi esa joriy yilning 12-13 avgust kunlari Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining stadionida bo'lib o'tadi.


Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика