"Xorazm" futbolchisi erkin agentga aylandi
10 dek 2024 12:53
Yangiliklar
"Xorazm" futbolchisi erkin agentga aylandi
Urganchning "Xorazm" klubi hujumkor futbolchisi Boburbek Farhodov erkin agentga aylandi.
1996 yilda tug'ilgan vingerning "Xorazm" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgan. Boburbek Farhodov 2024 yil "Xorazm" tarkibida Pro ligada 27 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O'zbekiston Kubogida esa 5 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta to'p kiritdi.
Malumot uchun, Farhodov faoliyati davomida "Bunyodkor", "Buxoro", "Miniya" (Litva), "So'g'diyona", "Metallurg" va "Andijon" kabi klublarda to'p tepgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar